Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Universitet ta’limi kishiga aql emas, balki vazifa (ishga joylashishga imkon) beradi.
Albert Eynshteyn
*****
Ho‘kizga oldi tomonidan, eshakka orqa tomonidan, ahmoqqa hech qaysi tomonidan yaqin kelma.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Ongsiz xalq kuni kelib vijdonsiz ommaviy axborot vositasi yetaklaydigan qo‘ylar podasiga aylanadi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Ehtimol ishga joylashishing kechikayotgandir, ehtimol uylanishing kechikayotgandir, ehtimol bemorlikdan tuzalishing kechikayotgandir. Lekin bu sinovlarga sabr qilganing uchun ajring aslo kechikmaydi.
“Hikmat durdonalari”
*****
Bu zamondagi ko‘plab odamlar haqida:
Siqilsang, senga tasalli beradigan insonni topolmaysan.
Xursand bo‘lsang, seni tabriklaydigan insonni topolmaysan.
Yig‘lasang, ko‘z yoshingni artib qo‘yadigan insonni topa olmaysan.
Lekin xato qilsang, hamma senga tikilib turganini ko‘rasan.
“Hikmat durdonalari”
*****
Odamlarni o‘zingga jalb etish uchun yolg‘on gapirma! Insonlar sendan uzoqlashib ketsalar ham rost gapirishdan qo‘rqma!
“Hikmat durdonalari”
To‘plab, tarjima qiluvchi Nozimjon Iminjonov
Bugun 2025 yil 8 yanvar kuni Toshkent shahar, Uchtepa tumani "Vatan" tantanalar majmuasida "Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, aholi vakillari, yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etib, islom dini ezgulik, tinchlik va insoniylik dini ekani, fazilatlar, azaliy qadriyatlar ifodasi ekanligini targ‘ib qilish, yosh avlodga milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizni to‘g‘ri tushuntirish, yurtimiz tinchligini asrash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida fikrlar bildirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati