Sayt test holatida ishlamoqda!
06 May, 2025   |   8 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:43
Quyosh
05:14
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:29
Xufton
20:54
Bismillah
06 May, 2025, 8 Zulqa`da, 1446

Nishonga urilgan gaplar: “Farzandlaringizga sidq – rostgo‘ylikni o‘rgatinglar! Rostgo‘ylik ularga hamma narsani o‘rgatadi”

29.12.2018   3644   2 min.
Nishonga urilgan gaplar: “Farzandlaringizga sidq – rostgo‘ylikni o‘rgatinglar! Rostgo‘ylik ularga hamma narsani o‘rgatadi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.  

*****

Ular yolg‘onchilardir. Yolg‘onchiliklarini o‘zlari ham bilishadi. Yolg‘onchiliklarini biz bilishimizni ham bilishadi. Shunday bo‘lsa ham baland ovozda yolg‘on gapiraveradilar.

Najib Mahfuz

*****

Afrika qit’asiga dori-darmonlar jo‘natishga qaror qildik. Bu juda ham yaxshi insonparvarlikdir. Lekin muammo dorilar qutisiga “Ovqat yegandan so‘ng” deb yozib qo‘yilganidir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Kitoblarning do‘stligi insonlarning do‘stligidan afzaldir. Chunki kitoblar hech narsa talab qilmasdan, doim foyda beradi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Dushmanlaringning gaplariga yaxshilab quloq sol. Chunki ularning ko‘p gaplarida yaxshi ko‘rganlaring yashirgan haqiqat bor bo‘ladi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Boshqaning gapini senga olib kelgandan ehtiyot bo‘l. Chunki u sening ham gapingni boshqaga yetkazadi.

Hasan Basriy rahimahulloh

*****

Agar sen ehtiyojing tushmagan narsani sotib olgan bo‘lsang, vaqti kelib, o‘zingga kerak bo‘lgan narsani sotishga majbur bo‘lasan.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Men hech kimni tashlab ketmayman. Lekin ketmoqchi bo‘lgan kimsaning qo‘lidan ushlab olmayman.

Mahmud Darvesh

*****

Farzandlaringizga sidq – rostgo‘ylikni o‘rgatinglar! Rostgo‘ylik ularga hamma narsani o‘rgatadi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Eng afzal intiqom – shiddat bilan muvaffaqiyatga erishishingdir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

 

 

To‘plab, tarjima qiluvchi Nozimjon Iminjonov

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Kimki ushbu ikki namozni o‘qisa

05.05.2025   5322   1 min.
Kimki ushbu ikki namozni o‘qisa

Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim bomdod va asr namozlarini ado etsa, jannatga kiradi", dedilar (Muttafaqun alayh).