Shu yilning yil 26 dekabr kuni “Shayx Zayniddin” jome masjidida imkoniyati cheklanganlar uchun navbatdagi diniy-ma’rifiy suhbat tashkil qilindi.
Tadbirda Qur’oni karimda zikr etilgan 25 ta payg‘ambarlarning qissalarini o‘rganish bo‘yicha namoyish etilgan ko‘rgazma imkoniyati cheklanganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Yusuf alayhissalom qissalarini Toshkent shahar Yunusobod tumani otinoyisi Inag‘omova Muborak slayd ko‘rgazmali ko‘rinishda o‘tkazdi.
Alloh taolo payg‘ambarlarga bergan yuksak odob, ulkan sabr va ilm ularning darajalari yuksalishiga olib kelgani, har bir payg‘ambarning qissasi bizlarga katta ibrat ekani ta’kidlandi.
Tinglovchilar eshitish va gapirish imkoniyatidan mahrum bo‘lganligi uchun slayd ko‘rinishdagi suhbatlar ulardagi qiziqishning ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Tadbirda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi mutaxassisi, Toshkent shahar hokimiyati vakillari va shahar otinoyilari qatnashishdi.
Suhbat yakunida tinglovchilar Yusuf alayhissalom va boshqa payg‘ambarlar haqida turli savollar berishdi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati