Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Texnologiya hamma narsani qora (balchiqqa) belashidan oldin bolaligimni o‘tkazganimga xursandman.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Miyangdan foydalan! Axir u tekin-ku!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Eski do‘stingni tark etma. Chunki yangi do‘st u kabi bo‘lmasligi mumkin.
Sulaymon Hakim
*****
Oliyjanoblik – birorta inson seni ko‘rmay turgan paytda ishingni puxta, sahih qilib bajarishingdir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Odamlar bilan bo‘ladigan aloqam daraxt barglariga o‘xshaydi.
(Daraxt shoxi, bargi daraxtda qolsa, unib-o‘sadi, daraxtga foydasi tegadi, uzilib yerga tushgani esa hech qachon daraxtga kelib qaytadan yopishmaydi.) Yonimda qolgan insonning foydasi tegadi. Yonimdan ketgani qaytib kelmaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Boshingdan qiyin kunlarni o‘tkazayotganingda, “Ishlaringga biz e’tibor beramiz, yoningdamiz” degan odamlarning qandayligini bilib olasan.
“Sukutdagi sadolar”
*****
Ba’zi insonlar ko‘nglimizda “Kelgusida ularga o‘xshaganlardan qanday chetlanishimiz borasida” tajriba qoldiradilar.
“Sukutdagi sadolar”
*****
Biror narsaga nisbatan «Sinib qolmasmikin!» degan qo‘rquv bilan keragidan ortiq xavotir bo‘lishing sening sinishingga, uni esa butun qolishiga sabab bo‘ladi.
(Bu xavotir seni ich-ichingdan kemiradi. O‘sha narsaga yoki insonga hech narsa bo‘lmasligi mumkin, ammo sen o‘ylayverib, xavotirlanaverib ado bo‘lasan deyilmoqchi.)
*****
«O‘zingni tuzat» sahifasidan
*****
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
G‘am-qayg‘usiz hayotni kutib yashayotgan qizga «Siz kutayotgan kun bu dunyoda hech qachon kelmaydi», deb aytish kerak.
Alloh taolo «Biz insonni mashaqqatda yaratdik», degan (Balad surasi, 4-oyat).
Bu hayot – g‘am-tashvishli, azob-uqubatli, mashaqqatli hayotdir. Mo‘min odam buni juda yaxshi tushunadi. Bu dunyoda qiynalsa, azob cheksa, oxiratda albatta xursand bo‘lishini biladi. Inson mukammal baxtni faqatgina oxiratda topadi. Shuning uchun ulug‘lardan biriga «Mo‘min qachon rohat topadi?» deb savol berishganda, «Ikkala oyog‘ini ham jannatga qo‘yganida», deb javob bergan ekan.
Allohning mehribonligini qarangki, oxirat haqida o‘ylab, unga tayyorgarlik ko‘rish hayotni go‘zal qiladi, qayg‘ularni kamaytirib, uning salbiy ta’sirini yengillatadi, qalbda rozilik va qanoatni ziyoda qiladi, dunyoda solih amallarni qilishga qo‘shimcha shijoat beradi, musibatga uchraganlarni bu g‘am-tashvishlar, azob-uqubatlar bir kun kelib, bu dunyoda bo‘lsin yoki oxiratda bo‘lsin, baribir yakun topishiga ishontiradi. Oxirat haqida o‘ylab, faqat solih amallar qilishga intilish insonni baxtli qiladi.
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Kimning g‘ami oxirat bo‘lsa, Alloh uning qalbiga qanoat solib qo‘yadi, uni xotirjam qilib qo‘yadi, dunyoning o‘zi unga xor bo‘lib kelaveradi. Kimning g‘ami dunyo bo‘lsa, Alloh uning dardini faqirlik qilib qo‘yadi, parishon qilib qo‘yadi, vaholanki dunyodan unga faqat taqdir qilingan narsagina keladi».
Alloh taolo faqat oxirat g‘ami bilan yashaydigan (oxirat haqida ko‘p qayg‘uradigan, har bir amalini oxirati uchun qiladigan) qizning qalbini dunyoning matohlaridan behojat qilib qo‘yadi. Qarabsizki, bu qiz har qanday holatda ham o‘zini baxtli his qiladi, hayotidan rozi bo‘lib yashaydi. Xotirjamlikda, osoyishtalikda, qanoatda yashagani uchun istamasa ham qo‘liga mol-dunyo kirib kelaveradi. Zero, Alloh taolo oxirat g‘amida yashaydigan, shu bilan birga, hayotiy sabablarni ham qilish uchun harakatdan to‘xtamagan kishining rizqini kesmaydi, uni ne’matlariga ko‘mib tashlaydi.
Ammo Alloh taolo bor g‘am-tashvishi dunyo bo‘lgan qizni faqirlar qatorida qilib qo‘yadi. Bunday qiz mol-dunyoga ko‘milib yashasa ham, o‘zini faqir, bechora his qilaveradi. Natijada dardi yangilanaveradi, dardiga dard qo‘shilaveradi, fikrlari tarqoq bo‘lib, iztirobga tushadi. Afsuski, shuncha yelib-yugurgani bilan faqat dunyoning ne’matlariga erisha oladi, oxiratda nasibasi bo‘lmaydi.
Abdulloh Abdulmu’tiy, Huda Sa’id Bahlulning
“Qulog‘im senda qizim” kitobidan G‘iyosiddin Habibulloh,
Abdulhamid Umaraliyev tarjimasi.