Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

Nishonga urilgan gaplar: “Biror insonga foydang tegmasa, hech bo‘lmasa zararing ham tegmasin”

26.12.2018   3311   2 min.
Nishonga urilgan gaplar: “Biror insonga foydang tegmasa, hech bo‘lmasa zararing ham tegmasin”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

*****

Texnologiya hamma narsani qora (balchiqqa) belashidan oldin bolaligimni o‘tkazganimga xursandman.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Miyangdan foydalan! Axir u tekin-ku!

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Eski do‘stingni tark etma. Chunki yangi do‘st u kabi bo‘lmasligi mumkin.

Sulaymon Hakim

*****

Oliyjanoblik – birorta inson seni ko‘rmay turgan paytda ishingni puxta, sahih qilib bajarishingdir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Odamlar bilan bo‘ladigan aloqam daraxt barglariga o‘xshaydi.

(Daraxt  shoxi, bargi daraxtda qolsa, unib-o‘sadi, daraxtga foydasi tegadi, uzilib yerga tushgani esa hech qachon daraxtga kelib qaytadan yopishmaydi.) Yonimda qolgan insonning foydasi tegadi. Yonimdan ketgani qaytib kelmaydi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Boshingdan qiyin kunlarni o‘tkazayotganingda, “Ishlaringga biz e’tibor beramiz, yoningdamiz” degan odamlarning qandayligini bilib olasan.

“Sukutdagi sadolar”

*****

Ba’zi insonlar ko‘nglimizda “Kelgusida ularga o‘xshaganlardan qanday chetlanishimiz borasida” tajriba qoldiradilar. 

“Sukutdagi sadolar”

*****

Biror narsaga nisbatan «Sinib qolmasmikin!» degan qo‘rquv bilan keragidan ortiq xavotir bo‘lishing sening sinishingga, uni esa butun qolishiga sabab bo‘ladi.

(Bu xavotir seni ich-ichingdan kemiradi. O‘sha narsaga yoki insonga hech narsa bo‘lmasligi mumkin, ammo sen o‘ylayverib, xavotirlanaverib ado bo‘lasan deyilmoqchi.)

*****

  • Biror insonga foydang tegmasa, hech bo‘lmasa zararing ham tegmasin!
  • Biror insonni xursand qilolmasang, hech bo‘lmasa xafa ham qilma!
  • Biror inson haqida yaxshi so‘z aytolmasang, hech bo‘lmasa yomon so‘z ham aytma!
  • Birovning yutug‘idan xursand bo‘lolmasang, hech bo‘lmasa hasad ham qilma!

«O‘zingni tuzat» sahifasidan

*****

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

Nozimjon Iminjonov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida o‘tkazilgan amaliy tadbir (videolavha)

10.01.2025   2023   1 min.

 

Videolavhalar