Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Yanvar, 2025   |   16 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:39
Shom
17:23
Xufton
18:41
Bismillah
16 Yanvar, 2025, 16 Rajab, 1446

Mo‘minalarga ibrat mo‘minalar: Ummu Salama (roziyallohu anho)

25.12.2018   2782   1 min.
Mo‘minalarga ibrat mo‘minalar: Ummu Salama (roziyallohu anho)

Mo‘mina onalarimiz orasida Ummu Salama (roziyallohu anho) voqealarni g‘oyatda chuqur o‘ylab, juda to‘g‘ri qarorlar beradigan aqlli ayol edi. Mo‘minlar onasi Ummu Salama (roziyallohu anho) Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) vafotlaridan so‘ng sodir bo‘lgan voqealarni diqqat bilan kuzatib bordi. Insonlar, xususan, ularni idora etuvchi xalifa va voliylarning to‘g‘ri yo‘ldan adashmasligi uchun harakat qildi. Tarixchilarning yozishicha, bir kuni Ummu Salama (roziyallohu anho)  xalifalikni olgan Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) huzuriga kirdi va ul zotga nasihat qilib, shunday dedi: “Ey o‘g‘lim, menga nima bo‘lyaptiki, odamlarning sendan uzoqlashib, himoyangdan chiqayotganini ko‘ryapman. Rasulullohning (sollallohu alayhi va sallam) sevgan yo‘lidan boshqa bir yo‘lda xayr qidirma. U o‘chirgan o‘tni yoqma. Do‘stlaring Abu Bakr (roziyallohu anhu)  va Umar (roziyallohu anhu) ning yo‘llaridan yur. Ular ishni mahkam ushladilar va aslo zulm qilmadilar. Bir ona sifatida nasihat qilyapman. Bu mening haqqim, vazifam. Sen ham itoat etishing lozim”. Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu): “Albatta, siz aytdingiz, men tingladim. Siz tavsiya ettingiz, men ham qabul ettim”, dedilar.

Saidabror Umarov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi

13.01.2025   9074   1 min.
Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov Toshkent islom instituti talaba- yoshlari bilan muloqot o‘tkazdi. Uchrashuvni institut rektori Uyg‘un G‘afurov ochib, mazkur tadbirning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.


Bu kabi muloqotlar barcha diniy ta’lim muassalarida tashkil etilib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida o‘tgan Ulamolar Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgani ta’kidlab o‘tildi.


Tadbirda Zayniddin Eshonqulov yoshlarga o‘zining hayotiy, ilmiy va kasbiy tajribalarini so‘zlab berdi. Ma’ruzada Diniy idora tizimidagi tashkilotlar va ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, faoliyat yo‘nalishlari va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdi.


Zayniddin domla diniy-ma’rifiy faoliyatda ilm va ma’rifatning o‘rni, kadrlarning vatanparvarlik va axloqiy tarbiyasi va turli yot g‘oyalardan ma’naviy immunitetning shakllangani haqida o‘z fikr va tavsiyalarini bildirdi. 


Notiq o‘z so‘zi davomida talaba-yoshlarni sabr-toqat va qat’iy intizom bilan ilm olishga da’vat etdi. Shuningdek, ixlosli bo‘lish va ustozlarni ehtirom qilish muvaffaqiyat kaliti ekanini ta’kidladi.


Yetuk imom-xatib bo‘lish uchun doimiy ravishda o‘zi ustida ishlash hamda bilim va tajribalarini oshirib borishi lozimligi haqida qimmatli maslahatlar berdi.


Ana shunday tadbirlar yoshlarning ilm olishi va kelgusidagi kasbiy faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirishiga xizmat qiladi, rahbar xodimlar esa ular uchun hayotiy namuna bo‘ladi, inshoalloh.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi Rahbar va yoshlar muloqoti manfaatli bo‘ldi