Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
O‘zingda bor narsalar haqida tafakkur qil, o‘zingda yo‘q narsalar haqida emas. Senda bor narsalar Allohning karamidandir. Senda yo‘q narsalar Allohning hikmatidandir.
“Hikmat durdonalari”
*****
Agar seni qorong‘uda topa olmasam, (tong otib, atrof) yorug‘ bo‘lganda senga ehtiyojim yo‘q.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Shaytonlar – Vatan uchun emas, balki Vatanga qarshi urushuvchilardir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Laganbardorlik va munofiqlikni bas qil! Nima bo‘lgan taqdirda ham haqiqatni gapir! Sening yoningda qoladiganlar bitta qo‘lingdagi barmoqlar adadidan oshmaydi. Lekin ana o‘shalar sen bilan bir umrga birga bo‘ladilar.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Muammo haqni bilishda emas. Balki natija nima bo‘lishidan qat’i nazar haqni aytishdadir.
Muhammad G‘azoliy rahimahulloh
*****
Odamlarning tasarruflarini kuzatadilar.
Odamlarning xulq-atvorini tanqid qiladilar.
Odamlarning niyatlarini tahlil qiladilar.
Shu bilan o‘z hayotlarini yashamay, balki odamlarning hayotini yashab umrlari o‘tib ketadi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Bir og‘iz gapirmasingdan turib seni eshitadiganlar va tushunadiganlarni ehtiyot qil!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Kutayotgan kishi uchun vaqt sekin o‘tayotgandek tuyuladi.
Qo‘rqayotgan kishi uchun vaqt tez o‘tayotgandek tuyuladi.
Mahzun kishi uchun vaqt uzundek tuyuladi.
O‘yin-kulgi qilayotgan kishi uchun vaqt qisqadek tuyuladi.
“Hikmat durdonalari”
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati