2019 yilda Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid namozxonlar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Hozirgi vaqtda qurilish ishlarining 70 foizi bajarilgan. Ushbu masjidda qurilish yakunlangach bir vaqtning o‘zida 120 ming namozxon ibodatni amalga oshirishi mumkin.
Dushanbedagi Markaziy jome masjidining qurilish ishlari 2009 yilda boshlangan, uning qurilishi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon tomonidan boshlab berilgan. Masjid qurilishi Qatar davlati mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilayotgani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, majmua 4 ta har biri 75 metrlik minoraga ega bo‘ladi. Majmuada kutubxona, muzey, anjumanlar xonasi va yig‘ilish, ma’ruza va mehmonlarni qabul qilish uchun joy ajratiladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ayyubxon domla So'piyev – Toshkent shahar "Suzuk ota" jome masjidi imom-xatibi,
Baxtiyor domla Sattorov – Toshkent shahar "Firdavs" jome masjidi imom-xatibi,
Muhammadrahim domla Abduqodirov domla – "Dorussalom" jome masjidini imom-xatibi,
Mirzaniyoz domla Rajabiy – Toshkent shahri “Abu Bakr Qaffol Shoshiy” masjidi imom-xatibi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati