Iordaniya va uning poytaxti bo‘lgan Amman shahrida bugungi kunda "Yashil energiya" tizimiga o‘tish borasidagi islohatlar olib borilmoqda. Amman shahrini 2050 yilga qadar "ugleroddan holi" hududga aylantirishni maqsad qilgan.
Ushbu maqsadga erishish yo‘lida barcha uglerodli chiqindilar bartaraf etilishi kerak. Ma’lumotlarga qaraganda, Iordaniyadagi 6 mingdan ortiq masjidlar energiyaga bo‘lgan ehtiyojlarining deyarli yuz foizini qayta ishlanadigan energiya manbaalari hisobiga qondiradilar.
Muqobil energiya manbaalariga o‘tgani natijasida ushbu Iordaniya masjidlari eelektr energiyasidan sezilarli darajada tejashmoqda va bundan tashqari ijtimoiy holatni o‘zgarishiga ham sabab bo‘lishmoqda.
Iordaniya masjidlarining qayta tiklanuvchi energiya manbaalariga o‘tish jarayoni 2014 yilda boshlangan edi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati