22 dekabr kuni Andijon viloyati Shahrixon tumani Qishloq xo‘jaligi kasb-xunar kollejida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Andijon viloyatining Asaka va Shahrixon tumanlarida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan masjid imom-xatiblari, imom-noiblari va otinoyilari uchun olti kunlik malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.
Malaka oshirish o‘quvlariga qatnashayotgan 2-davra tinglovchilariga eng dolzarb mavzular bo‘yicha darslar tashkil qilindi. Darslarni namunali tashkil qilish va o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar hozirlandi.
Tinglovchilarga darslarning 1-kunida ma’ruzachilar tomonidan “Diniy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati”, “Zamonaviy musulmon jamiyati va islom omili”, “Markaziy Osiyoda yozilgan tafsirlar va ularning qo‘lyozma nusxalari”, “Jamoat namozining buzilishiga sabab bo‘ladigan qiroatdagi xatolar”, “Qur’on tilovati odoblari: tajvid qoidalari”, “Hanafiy mazhabidagi fiqhiy kitoblar va masalalarning martabalari”, “Moturidiylik ta’limotida imon masalasi”, “Islomdagi g‘oyaviy ixtiloflar, oqimlar va firqalar: tarix va bugungi kun” va o‘tilgan darslar muhokamasi kabi mavzular ilmiy asoslangan holda keng yoritilib berildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining
Andijon viloyati vakilligi xodimi Nurulloh Qodirov
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Tong otganida:
اللهُمَّ إِنِّي أَصْبَحْتُ مِنْكَ فِي نِعْمَةٍ وَعَافِيَةٍ وَسِتْرٍ فَأتِمَّ نِعْمَتَكَ عَلَيَّ وَعَافِيَتَكَ وَسَتْرَكَ فِي الدُّنْيَا وَالآخِرَةِ
"Allohumma inniy asbahtu minka fiy ni’matin va ’afiyatin va sitrin faatimma ni’mataka ’alayya va ’afiyataka va satroka fiddunya val axiroh", deb uch marta va kechqurun uch marta aytgan kishiga Alloh shu duoda kelganidek, hammasini mukammal qilib beradi", dedilar (Ibn Sunniy rivoyati).
Ma’nosi: Allohim, Sening ne’matingda, ofiyatingda, ayblar yopilgan holda tong ottirdim. Meni dunyoyu oxiratda ne’matda, ofiyatda, ayblar yopilgan holatda bo‘lishimni mukammal qil.