Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Iyun, 2025   |   29 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
25 Iyun, 2025, 29 Zulhijja, 1446

«Muruvvat karvoni» xayriya tadbiri Zangiota ziyoratgohida o‘tkazildi

22.12.2018   2401   2 min.
«Muruvvat karvoni» xayriya tadbiri Zangiota ziyoratgohida o‘tkazildi

Bugun, 21 dekabr kuni «Vaqf» xayriya jamoat fondi tomonidan “Muruvvat karvoni” xayriya tadbirining navbatdagi moddiy yordamlari Toshkent viloyatiga yetkazildi. Xayriya marosimi Zangiota tumanidagi "Zangiota" ziyoratgohida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ishtirok etib, muhtaram Yurtboshimiz tomonlaridan "Vaqf" xayriya jamoat fondi tashkil etilgani, o‘tgan davr mobaynida Fond tomonidan masjid-madrasalarni moddiy-texnik bazasini yaxshilash, imom-xatiblarni qo‘llab-quvvatlash va yordamga muhtoj oilalarni ijtimoiy himoya qilish borasida juda katta ishlar amalga oshirilganini bildirdilar. "Muruvvat karvoni" xayriya tadbiri butun respublikamizning barcha hududlarida bo‘lib o‘tganini muftiy hazratlari so‘zlab berdilar. 

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan xayriya tadbirida 100 dan ortiq yordamga muhtoj kishilar ishtirok etdi. Kam ta’minlangan oilalarga zaruriy buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar tarqatildi. Bundan tashqari masjidlarga diniy-ma’rifiy mavzudagi kitoblar, audiokitoblar ham topshirildi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan 20 nafar fuqaroga nogironlik aravachalari topshirildi.

Ma’lumot uchun, “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan Toshkent viloyatida istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar hamda masjidlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 106 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar beg‘araz tarqatildi.

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Muharram oyi – yangi hijriy 1447 yil

25.06.2025   34   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

Videolavhalar