frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Poytaxtda yana bir jome poydevoriga g‘isht qo‘yildi

22.12.2018   3652   1 min.
Poytaxtda yana bir jome poydevoriga g‘isht qo‘yildi

Alloh taologa shukrki, yurtimizda yangi masjidlarni bunyod etish, mavjudlarini zamonaviy shaklda qayta barpo qilish ishlari davom etmokda. Toshkent shahri Uch tepa tumani “Mirbobo ota” jome masjidining yangi binosi zamonaviylik va milliylikni inobatga olgan holda yangi loyiha asosida qaytadan qurish ishlari boshlab yuborildi.
Kecha bo‘lib o‘tgan xayrli tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ishtirok etib, masjid binosining birinchi g‘ishtini yaxshi tilak va xayrli duolari ila qo‘yib berdilar.
Marosimda ulamolar, masjid qavmi, mahalla faollari va mo‘ysafid otaxonlar ishtirok etdilar. Shuningdek, nuroniylar va ezgu niyatda yig‘ilgan qalbi pok insonlar ham birin-ketin poydevorga g‘isht quydilar.
Bunday ezgu ishga hissa qo‘shish istagidagi quruvchilar o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, bor kuch-g‘ayrat bilan mehnat qilishmoqda. Zero, masjid qurishning savobi ulug‘ ekani Islom manbalarida bayon qilingan. Bu haqda Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan bunday rivoyat qilingan: “Kim masjidda bitta chiroq yoqsa, o‘sha chiroqning nuri o‘chgunicha farishtalar u kishining haqqiga istig‘for aytib turadilar”. Mana shunday savobli ishlarga muxlis xalqimiz masjid binosi qurilishida faol ishtirok etmoqdalar.
Haq taolo ushbu jome masjidning qad rostlayotgan yangi binosini fayzu barakotli aylasin.

 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Iymoningiz sustlashib, dangasa bo‘lsangiz

30.06.2025   1698   1 min.
Iymoningiz sustlashib, dangasa bo‘lsangiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Agar iymoningiz sustlashib, ibodatga tanbal bo‘lib qolsangiz, ushbu duoni ko‘p o‘qing:

 اللّهُمَّ لا تجعلْنِي شَقِيًّا ولا محْرُومًا 

O‘qilishi: Allohumma laa taj’alniy shaqiyyan va mahruuman

Ma’nosi: Allohim! Meni badbaxt va mahrum bo‘luvchilardan qilmagin!

Shayx Muhammad Shinqitiy rahimahulloh