Qashqadaryo viloyatida 2019 yilda Turkiya davlatining TIKA agentligi ko‘magida Kitob tumanidagi Xo‘ja Ilm Kon va Mavlono Darvesh Muhammad Vaxshuvoriy majmualarini rekonstruksiya va restavratsiya qilish ishlari amalga oshiriladi, Bu haqda viloyat Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyasi boshlig‘i Jahongir Xalilovga tayanib Turon24 nashri xabar berdi.
Viloyatda 2019 yili 7 ta yirik tarixiy obida va ziyoratgoh restavratsiya qilinishi, unga tutash hududlar obodonlashtirilishi rejalangan.
“Qashqadaryo viloyatidagi tarixiy-madaniy obidalarni restavratsiya qilish va hududlarni obodonlashtirish dasturiga ko‘ra Qarshi tumanidagi Imom Abu Mu’in an-Nasafiy majmuasi va Kasbi tumanidagi Sulton Mir Haydar majmuasini restavratsiya qilish ishlari joriy yilda boshlangan bo‘lib, 2019 yilda yakunlanishi ko‘zda tutilgan", deydi inspeksiya boshlig‘i Jahongir Xalilov.
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida 1 321 ta madaniy meros obyekti ro‘yxatga olingan. Mavjud ziyoratgohlarni obodonlashtirish natijasida 2018 yilda sayyohlar oqimi o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga ortgan.
2018 yili viloyatga 110 ming nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich 2017 yilda 17,1 ming kishini tashkil qilgan edi. Joriy yilda 1 mln nafar o‘zbekistonlik Qashqadaryoga kelib-ketgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ba’zilar duodan so‘ng qo‘lni yuzga surtishni bid’at sanaydilar. Jumhur ulamolar nazdida duodan so‘ng ikki qo‘lni yuzga surtish mustahab amal sanaladi. Bunga mazkur hadis dalolat qiladi.