Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Sening noningni o‘g‘irlaydilar. Keyin senga undan bir burda beradilar. Keyin o‘sha berganlari uchun ularga rahmat aytishingni buyuradilar. Ular naqadar jirkanchlar!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Ta’lim yurtni qo‘riqchi askarlardan ko‘ra yaxshiroq himoya qiladi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Ba’zilarga ikkinchi fursatni berish xuddi “Oldin otganingda ko‘ksimga tekkizolmagan eding. Mana senga yana o‘q. Qaytadan otib ko‘r” deyishga o‘xshaydi.
Najib Mahfuz
*****
Sen uchun o‘zini qurbon qiladiganlar bor. O‘zining foydasi uchun seni qurbon qiladiganlar bor.
“Hikmat durdonalari”
*****
Birorta odamning birdaniga senga nisbatan muomalasi o‘zgarib qolgan bo‘lsa, xafa bo‘lma. Ayrim odamlar (sendan foyda ko‘rmay qolsalar) aktyorlikdan voz kechib, o‘zlarining asl qiyofalariga qaytgan bo‘ladilar.
“Hikmat durdonalari”
*****
Esipastlar bilan tortishma. Aks holda, ular seni o‘zlarining saviyalariga tushirib oladilar-da, keyin esipastlik borasidagi tajribalari bilan seni yengib qo‘yadilar.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Agar yaxshi ko‘rgan insoning bilan bo‘ladigan aloqang seni afzal shaxs bo‘lishingga sabab bo‘lmasa, demak, sen xato shaxs bilan muomala qilar ekansan.
Anis Mansur
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov