Haj va Umra mavsumida nafaqat sog‘lom kishilar, balki balki nogironligi bo‘lgan shaxslarning ham ibodatlarini ado etishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Makka va Madina shaharlariga nogironligi bo‘lgan kishilarga yordam ko‘rsatish maqsadida, ularning ibodatlarni qiyinchiliksiz ado etishlarini ta’minlash maqsadida Brayl yozuvidagi Qur’oni karim nusxalari va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun elektr yordamida harakatlanuvchi nogironlik aravalari olib kelindi.
Arab News nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Makkadagi Katta Masjidning birinchi qavati nogironligi bo‘lgan shaxslar kirishi uchun moslashtirildi.
Masjidlarda Qur’on o‘qishda ko‘mak beruvchi gapiruvchi ruchkalar tarqatilgan. Brayl yozuvidagi Mus'haflar ham masjidlar kutubxonalari joylashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati