Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2024   |   25 Jumadul soni, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:48
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:03
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2024, 25 Jumadul soni, 1446

Diniy ta'lim muassasalariga jami 7 503 nafar abituriyent hujjat topshirdi

21.07.2023   587   1 min.
Diniy ta'lim muassasalariga jami 7 503 nafar abituriyent hujjat topshirdi

Shu yil 20 iyul' kuni 18:00 dan e'tiboran O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalariga 2023–2024 o'quv yili uchun abituriyentlardan hujjat qabul qilish jarayonlari yakunlandi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi ta'lim va ilmiy tadqiqotlar bo'limi ma'lumotiga ko'ra, "Qabul – 2023" jarayonlari davomida diniy ta'lim muassasalariga jami 7 503 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Jumladan:

– Oliy diniy ta'lim muassasalariga 650 nafar, shundan 91 nafari ayol-qiz va 559 nafari erkak abituriyent;

– O'rta maxsus islom ta'lim muassasalariga 6 853 nafar, shundan 2064 nafari ayol-qiz hamda 4789 nafar erkak abituriyentdan hujjatlar qabul qilindi.

Ushbu abituriyentlarning barchasiga kirish imtihonlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!  

Ma'lumot uchun, kirish imtihonlari sanalari haqida qo'shimcha xabar beriladi.

? Diniy ta'lim muassasalari qabul jarayonlariga oid eng muhim ma'lumotlar, dolzarb savol-javoblar va so'nggi yangiliklarni muslim.uz sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizda kuzatib boring.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muslim.uz / @muslimuzportal / @Muftiy_Nuriddin_domla
@diniysavollar

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qalbingizga kelgan mehmonni hurmat qiling!

25.12.2024   2690   1 min.
Qalbingizga kelgan mehmonni hurmat qiling!

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Hakimu ummat, Mavlono Ashraf Ali Tahonaviy quddisa sirruh shunday der edilar: "Qalbga, biron yaxshi amalni qilib olay, degan o‘y kelishi so‘fiylar istilohida "vorid" deyiladi. Ya’ni, men shu savob ishni qilay, namoz o‘qib olay, tahajjudga turay, sadaqa beray, birodarimga yordam qilay, do‘stimning g‘amini ketkazay degan o‘ylar kelishini "vorid" deydilar.

"Vorid" Alloh taolo tarafidan kelgan mehmondir. Agar sen bu mehmonni biroz bo‘lsa ham izzat qilsang, mehmonnavozlik ko‘rsatsang, u holda u yana keladi. Qaysi yaxshi amalni qilish fikri qalbingga kelsa, o‘sha zahoti uni bajarish mehmonnavozlikdir. Agar sen bir marta mehmonnavozlik qilmasang, u mehmon juda hurmatga sazovor bo‘lgani sababli huzuringa boshqa kelmay qo‘yadi. Uning qaytib kelmay qolishidan panoh so‘ragin. U mehmon qaytib kelmay qolishi degani, endi qalbga yaxshi amal qilish fikri kelmaydi deganidir. Alloh taolo bunday holdan O‘zi saqlasin. Qalbga muhr bosilsa, zang qoplasa, ana o‘shanda yaxshi amal qilish fikri kelmay qoladi".

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan