13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida «Moddiy va nomoddiy merosni saqlash» mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.
Turon24 xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi qoshidagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu tadbirni tashkillashtirdi. Unda ko‘plab tadqiqotchilar, san’atshunoslar, muzey sohasi vakillari, soha mutaxassislari o‘z-fikr mulohazalarini bildirishdi.
Ular qatorida tadbirda so‘zga chiqqan Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov Movarounnahr olimlarining jahon faniga qo‘shgan hissalari haqida batafsil gapirib berdi, ularning merosini saqlash va o‘rganish masalalarini ko‘tardi.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati
Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasululloh, onam vafot etdi. Onamning nomidan biror narsa sadaqa qilsam bo‘ladimi? Qaysi sadaqa afzal?” deb so‘radim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “(odamlarga) Suv ulashish”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, "Yo Allohning Rasuli! Onam to‘satdan jon taslim qildi. Vasiyat qila olmadi. O‘ylaymanki, agar gapira olganida, sadaqa qilgan bo‘lar edi. Endi uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr bo‘ladimi?" dedi. U zot alayhissalom: "Ha", dedilar» (Imom Muslim rivoyati).