Mang‘istov viloyati bo‘yicha amalga oshirilgan ekspeditsiyasi chog‘ida avval mintaqa hokimiyati vakillariga noma’lum bo‘lgan qadimgi diniy inshootlar topildi, deb xabar bermoqda «Xabar 24» telekanali.
May oyidan noyabr oyigacha o‘tkazilgan ekspeditsiya chog‘ida tadqiqotchilar XIX—XX asrlarda qurilgan beshta masjid va yigirmadan ortiq eski quduqlarni aniqlashdi.
Sputniknews.kz xabariga ko‘ra, har bir yerosti masjidida mehrob va boshqa zarur sharoitlar mavjudligi aniqlangan.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyatining aholi bilan samimiy muloqoti ko‘plab muammolarni hal etishda muhim omil bo‘lmoqda. Ayniqsa, fuqarolar qabuli davomida har bir murojaat e’tiborga olinib, o‘z yechimini topayotgani quvonarli hol.
Bugun, 8 yanvar kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi. Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan masjidlar holati, imom-xatiblar faoliyati, haj-umra, oilaviy masalalar va moddiy yordam olish singari masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi. Masjid va imomlar faoliyatiga oid murojaatlarni ko‘rib chiqish uchun Idora bo‘limlariga tegishli vazifalar yuklandi.
Mana shunday samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lishib, xayrli duolar qilishdi.
Bu kabi qabul jarayonlari O‘zbekiston musulmonlari idorasining hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida ham haftaning har chorshanba kuni imom-domlalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati