Mamlakatimizga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Qirolligi Savdo-sanoat palatasi kengashi raisi Sami bin Abdulloh al-Ubaydiy boshchiligida delegatsiya bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi U.Qosimxo‘jayev uchrashuv o‘tkazdi.
Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv davomida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati to‘g‘risida roliklar namoyish etildi. Xususan erkin iqtisodiy hududlar, turistik hududlar va ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlari haqida axborotlar taqdim etildi.
Saudiya tomoni O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va hamkorlik uchun imkoniyatlarni yuqori baholashdi.
– Saudiya Arabistonining 2030 yilgacha belgilangan rejalari mamlakatga investitsiyalarni jalb qilish bilan birga chet davlatlariga sarmoyalarni yo‘naltirishni ham o‘z ichiga olgan, – dedi Sami bin Abdulloh al-Ubaydiy. – O‘ylaymanki, mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi uchrashuvlar, muzokaralar Saudiya Arabistonining O‘zbekistonga investitsiya kiritishini yengillashtirishga xizmat qiladi.
O‘zA bildirishicha, Saudiya Arabistoni delegatsiyasi tarkibida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, mineral resurslar, qurilish, elektronika kabi sohalarda faoliyat olib boruvchi 20 dan ziyod kompaniya vakillari o‘rin olgan. Saudiya Arabistoni Qirolligi Savdo-sanoat palatasi vakillari azim poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini, xususan, "Hazrati Imom" majmuasini ziyorat qildilar. Mehmonlar majmuadagi tarixiy obidalar, maqbaralar va "Hazrati Usmon Mus'hafi" tarixi bilan tanshidilar.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati
Sa’d ibn Uboda roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Yo Rasululloh, onam vafot etdi. Onamning nomidan biror narsa sadaqa qilsam bo‘ladimi? Qaysi sadaqa afzal?” deb so‘radim. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “(odamlarga) Suv ulashish”, dedilar (Imom Nasoiy rivoyati).
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, "Yo Allohning Rasuli! Onam to‘satdan jon taslim qildi. Vasiyat qila olmadi. O‘ylaymanki, agar gapira olganida, sadaqa qilgan bo‘lar edi. Endi uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr bo‘ladimi?" dedi. U zot alayhissalom: "Ha", dedilar» (Imom Muslim rivoyati).