uyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Agar senga sifatli xizmat qilishlarini xohlasang, o‘zingga o‘zing xizmat qil.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
So‘zlarida mantig‘i yo‘q kishi bilan suhbat qilishga urinish o‘lik jasadga dori berishga urinishga o‘xshaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Nafsga og‘ir keladigan narsalardan biri – aytishga muhtoj bo‘lib turgan narsangni yashirishingdir.
Najib Mahfuz
*****
Qisqacha qilib aytganda, odamlarga sen haqingda ko‘p narsa bilishlariga imkon berma!
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Maymunlar mashinani egallab oldilar. Lekin ular uni boshqara olmaydilar. Egallab olish degani, uni yaxshi boshqarish degani emas. Bosib oluvchilar, tortib oluvchilar, egallab oluvchilar juda ko‘p, ammo uni eplab boshqara oladiganlar juda noyobdir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Zakovating oshgani sayin (atrofingda bo‘layotgan nohaqliklarni ko‘rib) g‘am, nojamliging ham oshib boradi. Ahmoqlar esa hech narsaga e’tibor bermay, shodu xurramlikda xursand bo‘lib yuraveradilar.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Ko‘pincha sen eshitishni xohlamayotgan nasihat, aslida sen muhtoj bo‘lgan (eshitishing kerak bo‘lgan) nasihatdir.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Biroz sabr qil. Yolg‘onlar uzoq yashamaydi. Haqiqat esa zamon o‘tishi bilan ko‘rinadi. Sen yaqin orada buni tushunib yetasan.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
*****
Bo‘ri arslon va yo‘lbarsdan zaifroq hayvon. Lekin u hech qachon sirkda tomosha ko‘rsatmaydi.
“Tarix muhrlagan so‘zlar”
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar.
Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.
Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati