2019 yilning 3-6 fevral kunlari Saudiya Arabistonining Makka shahrida Birinchi Rossiya biznes-missiyasi tashkil etiladi. Bu haqda iqnanews.ru nashri xabar berdi.
Xabarda Rossiya Federatsiyasining hech bir korxonasi Saudiya Arabistonining Makka shahrida bu singari yirik tadbirni tashkil etish imkoniyatiga ega bo‘lmagani aytilmoqda. 2019 yilning 4 fevral kuni Jidda shahrida Investitsiya sammiti tashkil etilib, Rossiya-Saudiya tadbirkorlik kunlari (SAUDI RUSSIAN BUSINESS DAYS) deb nomlanishi ma’lum qilingan.
Investitsiya forumi Jiddadan tashqari muqaddas Makka shahrida ham o‘tkazilishi aytilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya tomonidan tashkil etiladigan ko‘rgazma Umra mavsumi doirasida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
#xabar #haj2025 #statistika
Saudiya Arabistoni Podshohligi statistika Bosh boshqarmasi haj amallarini bajarish uchun kelgan ziyoratchilar sonini e’lon qildi. Unga ko‘ra:
Bu yil 1 million 673 ming 230 nafar kishi haj amalini ado etgan. Shundan mahalliy ziyoratchilar soni 166 ming 654 nafar.
Hojilarning 877 841 nafari erkak, 795 389 nafari esa ayollardir.
Ziyoratchilarning kelishi yo‘llari:
Havo yo‘llari orqali: 1 435 017 kishi.
Quruqlik chegara orqali: 66 465 kishi.
Dengiz yo‘li orqali: 5 094 kishi.
Eslatib o‘tamiz bu yil yurtimizdan 15 ming nafar fuqaro haj ibodatini ado etishga muyassar bo‘ldi. So‘nggi 8 yil mobaynida 75 ming nafar kishi haj ibodatini qilishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati