Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2025   |   22 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
18 Iyun, 2025, 22 Zulhijja, 1446

Sabr so‘nggi salomat

13.12.2018   2293   1 min.
Sabr so‘nggi salomat

Imonning yarmi deya sifatlangan sabr haqida qancha ko‘p yozilsa, qancha ko‘p kitoblar nashr etilsa, shuncha foydali bo‘ladi. Chunki sabr-qanoat insonga bot-bot eslatib turilmasa, insonning besabrlikka beriluvchanlik tabiati ustunlik qilib oladi.

Ushbu kitobning fazilati shundaki, unda sabrning fazilati shariatimiz ahkomlariga ko‘ra ta’riflangan.  Uning dindagi o‘rni,  sabr sohibiga beriladigan darajalar, sabrning qismlari, sayr va sulukdagi o‘rni; sabrdan keladigan foydalar, sabrsizlik sabab bo‘ladigan ofatlar tartibi bilan xuddi tolibi ilmga tushuntirilgandek, sodda usulda bayon qilingan.

Eng muhimi, ushbu mo‘jaz asarni o‘qigan kitobxon muqaddas Kitobimiz – Qur’oni karimda  sabrga qanchalik katta e’tibor qaratilgani va uning yetmishdan ortiq joyda zikr etilgani, sabrli insonlarga naqadar ulkan  ajru savoblar va’da qilinganini bilib oladi.

Tarjimon kitobning ta’sirchanlik ruhini oshirishni niyat qilib, tarjima so‘ngidan oyat, hadislar, hikmat va maqollar keltirganki, bundan muhtaram kitobxonlarga juda ham yaxshi foyda yetadi degan fikrdamiz.

Asar “Movarounnahr” nashriyotida chop etilgan

Muallif: Muhammad Zohid Qo‘tqu

Tarjimon: Damin Jumaqul

Muharrir: Tolib Nizom

Nashriyot do‘konidagi narxi 5000 so‘m       

                  

 

 

 

 

 

 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Osoyishtalik siri

17.06.2025   3391   1 min.
Osoyishtalik siri

Er-xotin tez-tez urishib qolaverdi. Shunda ayoli eriga: 
 

– Dadasi, qo‘shnilarimiz biror marta urishganini eshitmadim. Biz esa tez-tez janjallashib qolyapmiz. Qarshi bo‘lmasangiz, qo‘shni ayoldan buning sirini bilib kelaman, – dedi. 
 

Eri rozi bo‘ldi. Ayol qo‘shni ayol bilan suhbatlashgani chiqib, undan  oilada osoyishtalikni saqlash siri haqida so‘radi. 
 

Bu paytda qo‘shni ayol oshxonada ovqat qilayotgan, uning eri esa stolda bir nimalarni yozib o‘tirgandi. Shunda birdan telefon jiringladi. Eri telefon oldiga borar ekan, bexos stol ustida turgan vazani turtib yubordi. Vaza yerga tushib, sindi. Bu holni ko‘rgan ayoli darrov kelib vazani siniqlarini tera boshladi. Eri ayoliga aybdorona qarab, uzr so‘radi. Ayoli esa: “Aslida men sizdan uzr so‘rayman. Chunki vazani stol ustiga – noqulay joyga qo‘ygan ekanman”, dedi.


Bu holni kuzatgan qo‘shni ayol uyiga qaytib keldi va nimalar ko‘rganini aytib berdi. So‘zi yakunida: “Oddiy bir ishda ular ikkalasi ham o‘zini aybdor hisoblarkan. Biz esa har ishda o‘zimizni haq, deymiz. Janjalimiz sababi shundan ekan”, dedi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman» (Imom Abu Dovud rivoyati). 
 

Mana, osoyishtalik siri nimada ekan! 

Akbarshoh Rasulov

 

Ibratli hikoyalar