Imonning yarmi deya sifatlangan sabr haqida qancha ko‘p yozilsa, qancha ko‘p kitoblar nashr etilsa, shuncha foydali bo‘ladi. Chunki sabr-qanoat insonga bot-bot eslatib turilmasa, insonning besabrlikka beriluvchanlik tabiati ustunlik qilib oladi.
Ushbu kitobning fazilati shundaki, unda sabrning fazilati shariatimiz ahkomlariga ko‘ra ta’riflangan. Uning dindagi o‘rni, sabr sohibiga beriladigan darajalar, sabrning qismlari, sayr va sulukdagi o‘rni; sabrdan keladigan foydalar, sabrsizlik sabab bo‘ladigan ofatlar tartibi bilan xuddi tolibi ilmga tushuntirilgandek, sodda usulda bayon qilingan.
Eng muhimi, ushbu mo‘jaz asarni o‘qigan kitobxon muqaddas Kitobimiz – Qur’oni karimda sabrga qanchalik katta e’tibor qaratilgani va uning yetmishdan ortiq joyda zikr etilgani, sabrli insonlarga naqadar ulkan ajru savoblar va’da qilinganini bilib oladi.
Tarjimon kitobning ta’sirchanlik ruhini oshirishni niyat qilib, tarjima so‘ngidan oyat, hadislar, hikmat va maqollar keltirganki, bundan muhtaram kitobxonlarga juda ham yaxshi foyda yetadi degan fikrdamiz.
Asar “Movarounnahr” nashriyotida chop etilgan
Muallif: Muhammad Zohid Qo‘tqu
Tarjimon: Damin Jumaqul
Muharrir: Tolib Nizom
Nashriyot do‘konidagi narxi 5000 so‘m
Savol: Ayol kishi rukuda tizzasini bukadimi yoki erkaklar kabi tekis tutadimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qishda, ayollar bilan erkaklarning bir nechta farqlari bo‘lib, ayollar satrliroq holda namoz o‘qishga buyurilganlar. Rukuda ham shunday, ya’ni ayollar rukuda erkaklardan farqli ravishda, tizzalarini biroz bukib ruku qiladilar.
Mashhur tobeiy Ato ibn Abu Raboh bunday deganlar:
تَجْتَمِعُ الْمَرْأَةُ إِذَا رَكَعَتْ تَرْفَعُ يَدَيْهَا إِلَى بَطْنِهَا وَتَجْتَمِعُ مَا اسْتَطَاعَت. مصنف عبدالرزاق
“Ayol kishi ruku qilganda, imkon qadar yig‘ilibroq, ikki qo‘lini qorniga yaqinlashtirib turadi” (“Musannafi Abdurrazzoq”).
“Fatavoi Olamgiriya”da bunday deyilgan:
وَالْمَرْأَةُ تَنْحَنِي فِي الرُّكُوعِ يَسِيرًا وَلَا تَعْتَمِدُ وَلَا تُفَرِّجُ أَصَابِعَهَا وَلَكِنْ تَضُمُّ يَدَيْهَا وَتَضَعُ عَلَى رُكْبَتَيْهَا وَضْعًا وَتَحْنِي رُكْبَتَيْهَا وَلَا تُجَافِي عَضُدَيْهَا .كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ
“Ayol kishi rukuda biroz egiladi, tizzalariga suyanmaydi, barmoqlarini ochmaydi, balki qo‘llarini birlashtirib, tizzalariga qo‘yadi va tizzalarini biroz bukadi va bilakalarini tanasidan ajratmaydi. “Zohidiy”da shunday deyilgan”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.