frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Mo‘minalarga ibrat mo‘minalar

12.12.2018   12909   2 min.
Mo‘minalarga ibrat mo‘minalar

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ba’zi kechalarda Madina qabristoniga borib, yaqin birodarlarini ziyorat qilar edilar. Mo‘minlarning qabrlariga salom berar, haqlariga duo qilib, o‘lim va oxiratni yod etardilar. Shunday tunlarning birida Oisha onamiz yarim kechasi uyg‘onib, yonlarida Sarvari olamni topolmagach, ancha qayg‘ulandilar. Birozdan so‘ng qaytib kelgan Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Oishani mahzun ko‘rdilar va:- Ey Oisha, shaytoningga mag‘lub bo‘libsan, — dedilar. Shayton so‘zi Oisha onamizning diqqatini tortib, so‘radilar:

— Yo Rasululloh, mening ham shaytonim bormi?

Payg‘ambar (alayhissalom) unga javoban:

- Albatga, har bir insonning shaytoni bordir, — dedilar. Oisha onamiz yana:

- Sizniki ham bormi? - deb so‘raganlarida, Alloh Rasuli (sollallohu alayhi va sallam):

- Ha, faqat men Robbimning yordami bilan uni mag‘lub etdim, - dedilar.

Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) Oisha onamizga bo‘lgan muhabbatlari shunchalar kuchli ediki, natijada boshqa onalarimiz rashk qila boshlashdi. Payg‘ambarimizning (alayhissalom) qizlari Fotimadan (roziyallohu anho) bu holni u zotga bildirishlarini iltimos qildilar. Avvaliga Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bu haqqa gaplashishni xohlamagan bo‘lsalar, suyukli qizlarining ikkinchi bor murojaatlaridan keyin so‘zlashga majbur bo‘ldilar:

— Kizginam Fotima, mening sevganimni siz sevmaysizmi? Hazrati Fotima:

— Albatga, sevaman, ey Allohning Rasuli, - dedilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam):

— U holda Oishani sevishingiz kerak!

Fotima onamiz jim bo‘lib qoldilar. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) so‘zini davom ettirib:

— Oishadan hech qachon rashk qilmasinlar. Robbimga qasam etib aytamanki, Oishadan boshqa hech birlarining yotoqlarida menga vahiy kelmaydi, — dedilar.

 

Saidabror Umarov tayyorladi

Siyrat va islom tarixi
Boshqa maqolalar
Videolar

Saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir

11.08.2026   31646   1 min.
Saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir

10 avgust kuni, Urganch shahridagi «Oxun bobo» jome masjidida ezgulik va saxovatga yo‘g‘rilgan xayrli tadbir o‘tkazildi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan Urganch shahrida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan hamda kam ta’minlangan oilalar farzandlaridan 35 nafariga yangi o‘quv yili oldidan maktab kiyimlari, sumkalar va zarur o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.

 

VIDEO