Islom dinimizda ilmga qattiq e’tibor berilgan va unga targ‘ib etilgan. Ilm o‘rganish har bir musulmon erkak va muslima ayolga farz deb e’lon qilingan.
Inson hayotda to‘g‘ri yo‘lni ilm orqali topa oladi.
Buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriy rahimahullohning “Ilmdan boshqa najot yo‘q” degan gaplarida ulkan ma’no bor.
Ilm – sarf etilgani sari tugamaydigan, aksincha oshib, mustahkamlanib boradigan noyob ne’matdir. Molu dunyo esa ishlatilgani sari tugab boraveradi.
Qur’oni Karimda Alloh taolo iymonli olimlarning martabalarini baland qilishini, O‘zidan bandalari orasida olimlar ko‘proq qo‘rqishini aytgan.
Hadisi shariflarda ilm o‘rgatuvchilarning haqqiga hamma narsa, hatto dengizdagi baliqlar, inidagi chumolilar ham istig‘for aytishi ta’kidlangan.
Banda ibodatini ham faqat ilm asosida ado etadi. Chunki qanday namoz o‘qish, qanday ro‘za tutish, qanday zakot berish va qanday haj qilish ilm orqali o‘rganiladi.
Olimlar, muallimlarning martabalari bu dunyoda ham, oxiratda ham baland bo‘ladi.
Endi yuqoridagi rasmga izoh bersak: bu avtobus Meksikada bo‘lib, uning yarmi maktab avtobusi ko‘rinishida, yarmi esa qamoqxona avtobusi ko‘rinishida bo‘yalgan. Yoniga “Ta’lim boshlangan joyda zo‘ravonlik, bezorilik tugaydi” deb yozib qo‘yilgan.
Nozimjon Iminjonov
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Din bizdan bugungi o‘zligimizdan voz kechishni ham talab qilmaydi.
Islom dini ilm-fan, kashfiyotlar va dunyoviy taraqqiyotga hech qachon qarshi bo‘lmagan, aksincha, musulmonlarni doimo izlanishga undagan. Dinga amal qilish zamon va makondan uzilib qolishni anglatmaydi.
Islom o‘z e’tiqod qiluvchilaridan o‘z madaniyatini unutishni va ma’lum bir boshqaruv shaklini majburiyat qilib olishni talab qilmaydi.
Shariat mahalliy xalqlarning Islom aqidasiga zid bo‘lmagan urf-odatlari va madaniyatini inkor qilmaydi, balki ularni hurmat qiladi.
Shavqiy Allom – Misr sobiq muftiysi
Dunyo ulamolari murojaati kitobidan