Avval, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro musulmonlar forumida ishtirok etish uchun jo‘nab ketganlari haqida ma’lumot bergan edik.
Muftiy hazratlari Toshkent – Moskva – Parij yo‘nalishi orqali Parijga yetib keldilar. Muftiy hazratni Parij shahri aeroportida Rossiya musulmonlari diniy idorasi vakillari hamda O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev boshchiligidagi elchixonamiz xodimlari kutib oldi.
Kuni kecha, 9 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Fransiya davlatiga tashriflari doirasida Parij shahridagi O‘zbekiston elchixonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Muftiy hazratlariga O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi Sardor Rustamboyev tomonidan olib borilayotgan keng ko‘lamli faoliyat to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etdi.
Bugungi kunda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasidagi munosabatlar yanada keng ko‘lam kasb etmoqda. Hamkorlik aloqalarining rivojlanganini Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilda ushbu mamlakatga rasmiy tashrifi, ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajaga ko‘tarilganidan dalolat beradi. Ushbu uchrashuvlar natijasi o‘laroq, ko‘plab hamkorliklar yuzasidan shartnomalar va kelishuvlar imzolangan edi.
Fransiya safari davom etmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Saudiya Arabistoni tomonidan Makkadagi Masjidul Haromning uchinchi kengaytirilishida Qur’onga yo‘naltirilgan ma’lumot ko‘rgazmasi ochildi va tashrif buyuruvchilarga noyob va tarixiy qo‘lyozmalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.
Tashabbus dunyoning turli burchaklaridan 1,6 milliondan ortiq ziyoratchilar ishtirokida yakunlangan 2025-yilgi Haj mavsumidan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi.
Din ishlari raisligi tomonidan Masjidul Harom va Masjidun Nabaviyda tashkil etilgan ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga Qur’on yo‘l-yo‘riqlari, uning madaniy va tarixiy mazmuni haqida ma’lumot berishdan iborat.
Quran.uz