Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2025   |   13 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:23
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:19
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2025, 13 Rajab, 1446

Nishonga urilgan gaplar: “Ichi kir odam pok insonlarning borligini hazm qila olmaydi”

10.12.2018   4569   3 min.
Nishonga urilgan gaplar: “Ichi kir odam pok insonlarning borligini hazm qila olmaydi”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.

*****

Yaxshi ko‘rishimiz xatolarni ko‘rishdan ko‘zlarimizni “ko‘r” qilib qo‘yadi. Yomon ko‘rish esa haqiqatlarni ko‘rishdan ko‘zlarimizni “ko‘r” qilib qo‘yadi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Umrim o‘tgani sayin odamlarning gaplariga e’tiborim kamayib borib, (aytadigan gaplariga nechog‘li) amal qilishlarini ko‘rish bilan kifoyalandim.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Qoloqlikning eng muhim sabablaridan biri – biror vazifani o‘sha ishning mutaxassisi bo‘lmagan kishiga topshirishdir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Ichi kir odam (jamiyatda) pok insonlarning borligini hazm qila olmaydi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Baxil kimsa ochlikdan vafot etsa, uning farzandlari me’da sustligi (ovqatni hazm qila olmaslik) kasalligidan o‘ladilar.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Har qanday munosabatning boshida hissiyotlar, oxirida esa axloq ko‘rinadi.

Najib Mahfuz

*****

Aqlning quvvati haqiqatni ko‘tarishiga qarab o‘lchanadi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Orzu tuzga o‘xshaydi. Tuz o‘zi qorinni to‘ydirmaydi, lekin taomga maza kiritadi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Oqil odam fikrlari haqida gapiradi. Zakiy odam amallari haqida gapiradi. Ahmoq esa yegan taomlari haqida gapiradi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Sening yoningda yuradigan ba’zi shaxslar aslida senga emas, o‘zlarining sendagi ehtiyojlariga muxlisdirlar. Ishlari bitishi bilan ixloslari ham o‘zgaradi.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Goh-gohida hammadan uzoqlashib, birorta odam topolmaydigan joyga ketib, yolg‘iz bo‘lishni istab qolamiz.

Shams Tabriziy rahimahulloh

*****

O‘g‘ling sening ikkinchi imkoniyatingdir. Yo‘qotganlaringni u bilan to‘ldir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Modomiki tirik ekansan, nafsing bilan kurashishni to‘xtatma!

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Farzandlarni bino qilish (tarbiya qilish) ularga bino qurishdan muhimroqdir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

 

 

 

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

 Nozimjon Iminjonov

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Islomda Vatanga muhabbat

12.01.2025   256   22 min.

Jasurbek domla RAUPOV
Toshkent viloyati bosh imom-xatibi 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

VIDEO