Qozon shahrida Rossiya Islom institutining 20 yilligi doirasida islomiy fanlar va arab tili bo‘yicha XI Butunrossiya olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda «Islom qonunlari», «Islom asoslari» va «Arab tili» fanlari bo‘yicha eng kuchlilar aniqlandi.
Azon internet nashrining xabar berishicha, olimpiadada Tatariston, Boshqirdiston, Dog‘iston, Checheniston, Mordoviya va Rossiyaning boshqa hududlarining diniy ta’lim muassasalaridan kelgan tolibi ilmlar ishtirok etishdi. Olimpiada toliblarning arab tilida so‘zlashish va yozishdagi bilish darajasini aniqlash hamda Qur’oni Karimni to‘g‘ri va chiroyli o‘qish bo‘yicha o‘tkazildi.
Joriy yilning 7 dekabr kuni olimpiada g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgan. G‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:
Arab tili
1. Salimov Muhammad (Dog‘iston Islom universiteti)
2. Malakov Shamil (Rossiya Islom universiteti, Grozniy)
3. Sharapov Eldar (Rossiya Islom instituti, Qozon)
Islom asoslari
1. Omargajiyev Ismail (Imom Ash’ari nomli Islom universiteti)
2. Misexojiyev Baudin (Rossiya Islom universiteti, Grozniy)
3. Nuriddinov Muhammad (Muhammad Arif nomli Islom universiteti)
Islom qonunlari
1. Zubairov Said-Afandi (Dog‘iston Islom universiteti)
2. Saburov Zuribek (Qozon innovatsiya universiteti)
3. Aliyev Rasul (Imom Ash’ari nomli Islom universiteti)
Islom qonunlari (madrasa)
1. Muhammadov Muhammad (Muhammad Arif nomli madrasa)
2. Vadzijev Israil (Ingushetiya Islom kolleji)
3. Salimov Shohimardon (Maryam Sultonova nomli madrasa)
Qozon shahri hokimligining maxsus sovg‘asi
1. Zagayev Ali (Checheniston Respublikasi)
2. Musayev Farhad (Dog‘iston Respublikasi)
3. Shurayev Askar (Qabardin – Bolqor Respublikasi)
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Islomning barcha – beshala ruknini ham bajargan odam chinakam saodatlidir. Ayniqsa, hojilik – alohida mas’uliyat talab etadigan maqom. Bu yil yurtimizdan 15 mingdan ziyodroq fuqaro ana shunday sharafga ega bo‘ldi.
Bu yil yurtimizdan hajga borgan yurtdoshlarimiz Arafot vodiysida muftiy, Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiliklarida yurtga qaytgach, «Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz» degan ezgu tashabbusni ilgari surgan edilar.
Bugun, 14 iyul kuni poytaxtimizdagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi majlislar zalida poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan imom-xatiblar, imom noiblari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, Toshkent shahar hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdulvosid Xomitjonov, «Nuroniy« jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi raisi Rustam Kalonov, Mahallalar uyushmasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshlig‘i Furqatxo‘ja Mahmudxo‘jayev, Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov ishtirok etdi.
– Hojilarga katta ishonch bildirib, ular ma’naviyat targ‘ibotchilaridir, – deydi DIQ raisi birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov. – Hadisi sharifda: “Insonlarning Alloh taologa eng seviklisi odamlarga ko‘p manfaati yetkazadiganidir” (Imom Tabaroniy rivoyati), deyilgan. Shunday ekan, har bir hojiga o‘z hududidagi imom-xatib ko‘makchi bo‘lib, mahallama-mahalla yurib, aholiga, ayniqsa, yoshlarga pandu nasihatlar qilishlari zarur. Chunki hojilarning so‘zlari ta’sirchan bo‘ladi. Farzandlarimizning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishining oldini olishda ularning xizmatidan foydalanishimiz kerak. Hojilarimizning sa’y-harakatlari bilan xalqimizning ma’naviyati, ma’rifati yanada oshadi.
Ana shunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali hojilarimiz jamiyatimizdagi mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, yoshlar tarbiyasi va oilalar totuvligida ibrat bo‘lmoqdalar.