Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Yanvar, 2025   |   17 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:40
Shom
17:24
Xufton
18:42
Bismillah
17 Yanvar, 2025, 17 Rajab, 1446

Jumadan jumagacha

7.12.2018   2791   4 min.
Jumadan jumagacha

Assalomu alaykum! Bugun dekabr oyining yettinchi sanasi, haftaning esa muborak juma kuni.

Hafta davomidagi yangiliklar bilan Jumadan jumagacha rukni orqali habardor bo‘ling 

"Vaqf" fondi Siyrat musobaqasi g‘oliblarini taqdirladi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga muhabbat iymondandir» nomli siyrat musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda institut talabalari o‘zaro musobaqalashishdi. Tadbir ko‘tarinki kayfiyat va duoi xayrlar bilan o‘tdi. Ushbu musobaqa yakunlariga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib, "Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan bir qator sovg‘alar taqdim etildi. 

“Ayolni e’zozlagan din” kitobi nashrdan chiqdi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Salimjon qori Qodirovning islomda ayolning o‘rni, unga qilinadigan hurmat va ehtirom va ayollarga xos boshqa masalalar xususida “Ayolni e’zozlagan din” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Muallif risolada musulmon ayollarining oila va jamiyatdagi o‘rni, Islom dinida nozik xilqat vakilalariga bo‘lgan e’tibor va e’tirofni ilmiy dalillar, hayotiy voqe’liklar orqali o‘quvchiga tushunarli tarzda yoritib bergan. Mazkur risola yaqin orada qoraqalpoq va rus tillarida ham chop etilishi rejalashtirilgan. 

“Muruvvat karvoni” Jizzax viloyatida bo‘ldi
1 dekabr kuni “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan “Muruvvat karvoni” nomli xayriya tadbiri Jizzax viloyatida o‘tkazildi. Xayriya tadbiri doirasidagi 100 nafar kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, 20 nafar jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga nogironlik aravachalari berildi. Ikki nafar yordamga muxtoj oilalarning uylarini ta’mirlash ishlariga mablag‘lar ajratildi. “Vaqf” fondi xayru ehsonlaringizni o‘z egalariga yetkazishda ochiqlik va xolislikni kafolatlaydi. Mablag‘larni shaffoflik asosida haqdorlarga yetkazilayotganini vaqf.uz sayti orqali kuzatib boring!

BAAdagi festivalda O‘zbekiston ham ishtirok etdi

Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazib kelinayotgan, mamlakat asoschisi Shayx Zayid nomidagi Abu Dabi madaniy meroslar festivalida ilk bor O‘zbekiston ham ishtirok etmoqda. Festival doirasidagi O‘zbekiston paviloni ulkan Registon maydoni shaklida qurilib, yon atrofidagi hujralarda hunarmandchilik, naqsh o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, so‘zana tikish san’ati kabi o‘zbek milliy madaniy meroslari ekspozitsiyalari va amaliy san’at yaralishini namoyish qiluvchi miniatyura asarlari o‘rin egallaydi. Ta’kidlash joizki O‘zbekiston paviloni festivaldagi eng katta kompozitsiyalardan biri bo‘ldi.

Malayziya O‘zbekistonda islom bankingi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi

Toshkent moliya instituti va Malayziyaning Binary boshqaruv va tadbirkorlik universiteti yangidan ochilayotgan o‘zbek-malayziya fakultetining o‘quv dasturini tasdiqlashdi. Boshlang‘ich bosqichda Toshkent moliya instituti qoshidagi ushbu fakultetda 50 nafar magistrant moliya va bank ishi bo‘yicha qabul qilinadi. Malayziya universiteti ijrochi raisi Jozef Adaykalamning aytishicha,  kelgusida fakultet o‘z faoliyati doirasini kengaytirib, xalqaro audit va islom bankingi bo‘yicha mutaxassislarni ham tayyorlashi mumkin bo‘ladi.

“Vaqf: mohiyati va ijtimoiy ahamiyati” mavzusida videoseminar o‘tkazildi

4 dekabr kuni “Vaqf: mohiyati va ijtimoiy ahamiyati” mavzusida diniy soha xodimlari ishtirokida videoseminar o‘tkazildi. Seminarda “Vaqf” tushunchasi, istilohiy ma’nolari, vaqf mulklari yuzaga kelishi tarixi va vaqf mulklarining shar’iy hukmlari hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi faoliyatini targ‘ib etish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi. Seminar yakunida “Vaqf” xayriya jamoat fondi faoliyati, bugungi kungacha amalga oshirilgan xayriya ishlari, tadbirlar va loyihalarning amaliy ifodasi aks ettirilgan videorolik namoyish etildi.

Makkada nogironligi bo‘lgan kishilar uchun maxsus namozxona ochildi

Masjidi Haromning ishlar bosh boshqarmasi namozxonalardan birini eshitish qobliyati bilan bog‘liq nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdo (ishorat) tilini biladigan tarjimon bilan ajratilganini ma’lum qildi. Bu haqda islom.uz nashri xabar beradi. Xabarda aytilishicha, juma namozi, Fitr va Qurbon bayramlari mav’izalari, yomg‘ir duosi, darslar va Masjidi Haromda aytiladigan va’zlarni surdo tarjima orqali ularga yetkazish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, bu yerda ko‘zi ojizlar uchun namozxonaga olib boradigan maxsus oq tutqichlar ham o‘rnatilgan. Ular uchun Brayl yozuvidagi Qur’oni karimlar hamda Mus'hafni tutib turadigan maxsus uskuna tayyorlangan. 

Unutmang muslim.uz jamoasi sizni komillik sari yetaklaydi.

Biz siz uchun ijod qilamiz.

 

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohim men ham Seni yaxshi ko‘raman

14.01.2025   10114   1 min.
Allohim men ham Seni yaxshi ko‘raman

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ  فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ 

"Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash" (An’om surasi, 90-oyat).

Allohim! Sen buyurganingdek namozni ado qilolmayapman.
Dovudning ro‘zasidek ro‘za tutolmayapman.
Xasta bo‘lsam, Ayyubdek sabr-toqat qilolmayapman.
Yunus nahang ichra tasbeh aytgani kabi senga tasbeh aytolmayapman.
Yahyo kabi dinimda sobit turolmayapman. 
Yusuf o‘z nomusini saqlagani kabi men ko‘zimni saqlay olmayapman. 
"Boraveringlar, sizlar ozodsizlar" degan so‘zga ham loyiq emasman.
Ammo... ammo men ham ular kabi Seni yaxshi ko‘raman, yo Allohim!

Sharqoviy. "Qurondan maktublar".