AOKAda o'tkazilgan brifingda “Vaqf” xayriya jamoat fondi axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov irinchi yarim yilligida amalga oshirilgan xayriya ishlari haqida ma'lumot berdi:
2023 yilning o'tgan 6 oyi davomida fond tomonidan xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aktsiyalar orqali kelib tushgan mablag'lar hamda homiylar va hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan moddiy ko'rinishdagi ehsonlar bilan qo'shib hisoblaganda jami 16 659 713 130 so'mdan ziyod mablag' xayriya sifatida sarflandi.
Shu jumladan:
1.Diniy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish maqsadida “Qur'on va tajvidni o'rgatish” o'quv kurslari dars xonalariga 11 dona smart doska uchun – 187 000 000so'm;
2. Diniy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari hamda texnik xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun – 2 393 163 130 so'm;
3. Diniy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 141 nafar talabalarini moddiy qo'llab-quvvatlash va to'lov-shartnomalari uchun - 745 635 000 so'm;
4. Masjidlar va ziyoratgohlarning xodimlarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun – 130 000 000 so'm;
5. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan 2119 nafar imom-xatiblarning har biriga bir martalik 5 000 000 so'mdan jami 10 595 000 000 so'm, 192 nafar otinoylarning har biriga 3 000 000 so'mdan jami 576 000 000 so'm;
6. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qo'llab-quvvatlash uchun – 1 195 915 000 so'm, shundan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor bo'lgan shaxslarni moddiy qo'llab-quvvatlash uchun – 407 900 000 so'm;
7. Turli xayriya tadbirlari uchun – 216 000 000 so'm;
8. Viloyat vakilliklarining ma'muriy harajatlari uchun berilgan moddiy yordam – 70 000 000 so'm miqdoridagi mablag'lar sarflandi.
Bundan tashqari, “Qurbon hayiti – 2023” tadbiri doirasida 471 000 000 so'm qiymatidagi go'sht va Saudiya Arabistoni tomonidan taqdim etilgan 25 tonna hurmolar bayram sovg'asi sifatida haqdorlarga etkazildi.
Shuningdek o'tgan 6 oy davomida mamlakatmizning ichimlik suvi tanqis bo'lgan turli hududlaridagi aholini toza ichimlik bilan ta'minlash maqsadida “Vaqf suvlari” loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatining G'uzor tumanidagi quduq uchun 80 000 000 so'm fond hisobidan sarflangan bo'lsa, homiylarni jalb qilgan holda 3 ta artezian qudug'i qazib ishga tushirildi. Yana 3 ta hududda qazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Har bir tarixiy obida – xalqimiz tarixi va madaniyatining guvohi. Mirzacho‘l hududida joylashgan “Yog‘ochli sardoba” ham ana shunday noyob yodgorliklardan bo‘lib, uning me’moriy tuzilishi va muhandislik yechimi o‘z davrining ilg‘or bilimlariga tayanilganini ko‘rsatadi.
– Sardobaning gumbazsimon tuzilishi, 15 metrlik ichki diametri va 12 metr balandligi uni nafaqat amaliyotda samarali, balki arxitektura jihatdan ham o‘ziga xos namuna sifatida namoyon etadi. Yerdan ikki metr balandlikdagi tuynuklar, salqinlikni saqlovchi ventilyatsiya tizimi, simmetriyali qurilishi va devor qalinligining yuqoriga ko‘tarilgan sari yupqalashib borishi – bularning barchasi sardobaning betakrorligigidan dalolat beradi,– deydi tarixchi-arxeolog Solijon Qudratov.
Sardobaga arksimon kirish qismi orqali g‘ishtli zinapoyalardan foydalanib tushiladi. Kirish qismidagi yo‘lakcha ustidan esa xizmatchilar uchun maxsus xonalarga chiqish mumkin bo‘lgan aylanma zinapoya qurilgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda “Yog‘ochli sardoba” ham qayta tiklash ishlari doirasida o‘rganilmoqda. Ba’zi rekonstruksiya ishlari boshlangan bo‘lsa-da, ma’lum texnik va moliyaviy sabablarga ko‘ra, qurilish vaqtincha to‘xtab qolgan.
– Endi bu maskanni to‘liq ta’mirlab, turistik marshrutlarga qo‘shish, atrofida dam olish maskanlari, suv yo‘llari, mahalliy hunarmandchilik obyektlarini rivojlantirish rejalashtirilgan. Bunda davlat-xususiy sheriklik asosida yosh tadbirkorlarni ham jalb etish ko‘zda tutilmoqda, – deydi Sirdaryo viloyat hokimining o‘rinbosari Shohruh Isoqulov.
“Toshkent – Samarqand – Buxoro” magistral yo‘li bo‘ylab joylashgan “Yog‘ochli sardoba” hozirning o‘zidayoq sayohatchilar diqqatini o‘ziga tortmoqda. Shu bois, yaqin istiqbolda bu inshoot nafaqat tarixiy yodgorlik, balki madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladigan, mahalliy va xalqaro turizmni qo‘llab-quvvatlaydigan muhim markazga aylanishi, shubhasiz.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri