Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Yanvar, 2025   |   17 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:40
Shom
17:24
Xufton
18:42
Bismillah
17 Yanvar, 2025, 17 Rajab, 1446

Makkada nogironligi bo‘lgan kishilar uchun maxsus namozxona ochildi

6.12.2018   2218   1 min.
Makkada nogironligi bo‘lgan kishilar uchun maxsus namozxona ochildi

Masjidi Haromning ishlar bosh boshqarmasi namozxonalardan birini eshitish qobliyati bilan bog‘liq nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun surdo (ishorat) tilini biladigan tarjimon bilan ajratilganini ma’lum qildi. Bu haqda IQNAga tayanib islom.uz nashri xabar beradi.

Xabarda aytilishicha, juma namozi, Fitr va Qurbon bayramlari mav’izalari, yomg‘ir duosi, darslar va Masjidi Haromda aytiladigan va’zlarni surdo tarjima orqali ularga yetkazish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, bu yerda ko‘zi ojizlar uchun namozxonaga olib boradigan maxsus oq tutqichlar ham o‘rnatilgan. Ular uchun Brayl yozuvidagi Qur’oni karimlar hamda Mus'hafni tutib turadigan maxsus uskuna tayyorlangan.

Bundan tashqari, bu kabi namozxonlar uchun aqlli soatlar ham ishga tushirilgan. Umuman olganda, nogironlarning bemalol harakat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohim men ham Seni yaxshi ko‘raman

14.01.2025   9903   1 min.
Allohim men ham Seni yaxshi ko‘raman

أُولَٰئِكَ الَّذِينَ هَدَى اللَّهُ  فَبِهُدَاهُمُ اقْتَدِهْ 

"Ana o‘shalar Alloh hidoyat qilgan zotlardir. Bas, ularning hidoyatiga ergash" (An’om surasi, 90-oyat).

Allohim! Sen buyurganingdek namozni ado qilolmayapman.
Dovudning ro‘zasidek ro‘za tutolmayapman.
Xasta bo‘lsam, Ayyubdek sabr-toqat qilolmayapman.
Yunus nahang ichra tasbeh aytgani kabi senga tasbeh aytolmayapman.
Yahyo kabi dinimda sobit turolmayapman. 
Yusuf o‘z nomusini saqlagani kabi men ko‘zimni saqlay olmayapman. 
"Boraveringlar, sizlar ozodsizlar" degan so‘zga ham loyiq emasman.
Ammo... ammo men ham ular kabi Seni yaxshi ko‘raman, yo Allohim!

Sharqoviy. "Qurondan maktublar".