Inson tush ko‘rayotganda, televizor ko‘rayotgan paytidagidan ko‘ra ko‘proq quvvat sarf etar ekan.
*****
Insonning qovurg‘a suyaklari bir yil davomida 5 million harakatni amalga oshirar ekan.
*****
Inson ko‘zi ochiq holda aksira olmas ekan.
*****
Chekuvchi kishilarda rang ajratish qobiliyati pasayib ketar ekan.
*****
Chekuvchi kishilarning tanasida chekmaydiganlarga nisbatan 10 barobar ko‘p ajin bo‘lar ekan.
*****
Uyat va xijolatdan yuzingiz qizargan paytda oshqozoningiz ham qip-qizil tusga kirar ekan.
*****
Shaharda yashaydigan odam butun umri davomida o‘rtacha ikki xaftani svetofor chirog‘i yonishini kutib o‘tkazar ekan.
*****
Insonning bir dona soch tolasi 3 kilogrammgacha yukni ko‘tara olar ekan.
*****
Inson 40 yoshdan keyin “pastga o‘sish”ni boshlab, har o‘n yilda bo‘yi 10 santimetrga qisqarib borar ekan.
*****
Har soniyada dunyo aholisining 1 foizi mast holda vafot etar ekan.
*****
O‘rtacha vazndagi insonning boshi 3,6 kilogrammni tashkil etar ekan.
*****
Inson suvsiz 2-3 kundan ortiq yashay olmas ekan.
*****
Insonning yuragi umri davomida o‘rtacha 250 million litr qonni haydar ekan.
*****
Inson butun umri davomida ikkita katta hovuzni to‘ldirishga yetadigan so‘lak ishlab chiqarar ekan.
*****
O‘rta yoshli insonning tanasi 639 ta muskuldan iborat ekan.
*****
Oddiy insonning ko‘zi 160 xil rangni ajrata olar ekan.
*****
Vazni 65 kg bo‘lgan inson tanasida bitta mix yasashga yetadigan temir moddasi bor ekan.
*****
Inson ko‘zlarining qorong‘u sharoitga to‘la moslashishi 60-80 daqiqa davom etar ekan.
Internet ma’lumotlari asosida
Nozimjon Iminjonov tayyorladi
1. Kim bomdod namozini o‘z vaqtida o‘qisa, eng afzal amalni ado etgan bo‘ladi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Payg‘ambarimiz alayhissalomdan “Eng afzal amal qaysi?” deb so‘raganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘z vaqtida o‘qilgan namoz”, deganlar.
2. Kim bomdod namozini o‘z vaqtida o‘qisa, shayton qulog‘iga bavl qilmaydi. Payg‘ambarimiz alayhissalomga tong otganda uxlab yotib, namozga turmagan bir kishi haqida aytishganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Uning qulog‘iga shayton bavl qilibdi”, deganlar.
3. Kim bomdod namozini o‘z vaqtida o‘qisa, o‘sha kungi rizqiga baraka kiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohim! Ummatimning erta tongdagi ishlarini barakotli qilgin”, deb duo qilardilar.
4. Kim bomdod namozini o‘z vaqtida o‘qisa, Allohning zimmasida bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bomdod namozini o‘qisa, Allohning ahdi va omonida (zimmasida)dir. Alloh sizlarni hargiz ahdini zoye qilgan holda topmasin”, dedilar.
5. Kim bomdod namozini o‘z vaqtida o‘qisa, jannatga kiradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bomdod va asr namozlarini ado etsa, jannatga kiradi”, deganlar.
6. Kim bomdod namozini o‘z vaqtida o‘qisa, munofiqlikdan uzoq bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Munofiqlarga eng og‘ir namoz xufton va bomdod namozlaridir”, deganlar.
7. Kim bomdod namozini o‘z vaqtida o‘qisa, bu dunyo va undagi narsalardan eng yaxshisi ega bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bomdodning ikki rakati dunyo va undagi narsalardan yaxshidir”, dedilar.
Davron NURMUHAMMAD