Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Nishonga urilgan gaplar: “Ko‘p aqlga ega bo‘lishing yetarli emas, muhimi o‘sha aqlni o‘z o‘rnida ishlata bilishingdir”

5.12.2018   4445   3 min.
Nishonga urilgan gaplar: “Ko‘p aqlga ega bo‘lishing yetarli emas, muhimi o‘sha aqlni o‘z o‘rnida ishlata bilishingdir”

Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan. 

*****

Ey Robbim! Mening qaytib borishim O‘zingning huzuringgadir. Meni hidoyatda sobit qilgin, gunohlarimni mag‘firat etgin va xotimamni go‘zal qilgin!

*****

Donishmandlardan biri aytdi: “Onangdan duoni, otangdan nasihatni olgin-da, hayotdagi musibatlar ustidan g‘alaba qozon”.

*****

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu qo‘li shol bo‘lgan kishidan unga nima bo‘lganini so‘radilar. U odam “Otam johiliyat paytida meni duoibad qilgan edi. Qo‘lim o‘shandan beri shunday” dedi. Shunda hazrati Umar roziyallohu anhu “Otalarning johiliyat paytidagi duosi shunchalik bo‘lsa, Islomdagi duosi qanday ekan!” dedilar.

*****

Ba’zi odamlarni yo‘qotamiz. Yo‘q, ular vafot etishmagan. Lekin bizning sevgimizga sabab bo‘lgan avvalgi sifatlari o‘lgan.

“Hikmat durdonalari”

*****

Ko‘p aqlga ega bo‘lishing yetarli emas, muhimi o‘sha aqlni o‘z o‘rnida ishlata olishingdir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Ne’matlarning yaxshilaridan biri – aqldir.

Musibatlarning yomonlaridan biri – johillikdir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Eng mustahkam do‘stlik uchrashishlarning kamligi ham unga ta’sir qilmaydiganidir.

“Tarix muhrlagan so‘zlar”

*****

Oxirida hech kim seni deb yoningda qolmasligini tushunib yetasan. Ko‘pchilik o‘zining hojati miqdoricha yoningda qoladi-da, keyin jo‘navoradi.

“Hikmat durdonalari”

*****

Birorta shaxsga o‘z hajmidan ko‘proq beho berma, tag‘in seni ham bosib o‘tib ketmasin.

Birorta shaxsga o‘z qadridan ozroq baho berma, tag‘in xafa bo‘lib ketib qolmasin.

“Hikmat durdonalari”

*****

Qiyin vaziyatlar odamlarning aslini ko‘rsatib qo‘yadi. Yaxshi deb o‘ylagan insonlaring gumoningni puchga chiqaradi. Ba’zi insonlar esa gumon qilganingdan ham yaxshiroq ekanini ko‘rsatadi.

“Hikmat durdonalari”

*****

Bir a’robiy yonidagi sherigiga g‘azab qildi. Sherigi undan “Nega mendan g‘azablanyapsan?” deb so‘radi. “Ishonchi odamlardan biri menga sen haqingda ba’zi narsalarni aytdi, shunga g‘azablanyapman” dedi. Shunda sherigi bunday dedi: “Agar o‘sha kishi ishonchli bo‘lganda, chaqimchilik qilmagan bo‘lardi”.

“Hikmat durdonalari”

*****

  

Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi

 Nozimjon Iminjonov

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

10.01.2025   2105   2 min.
Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

Shu yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo tumanida o‘tkazildi.


Mazkur tumandagi “Abu Bakr” masjididagi yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Sirdaryo viloyat vakilligi xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ular hududdagi 7 ta masjid va 21 ta mahallaga biriktirildi. Shuningdek, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.


Tadbir doirasida imom-xatiblar 105 ta oilaga, 21 ta oilaga, umumiy hisobda 126 ta oilaga kirib, targ‘ibot va amaliy yordam ishlarni olib bordi.


Xususan, 38 ta xonadonda yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lganlar bilan suhbatlashilib, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi. 19 oila buzilishining oldi olindi. Nogironligi bor, ehtiyojmand va tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan 5 ta oilaga kirib sovg‘a-salomlar ulashildi.


Shuningdek, ishchi guruh a’zolari imom-xatiblar faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, ustav asosida ish yuritish, jamoani boshqarish, masjidni toza va ozoda saqlash, unda qulay sharoitlar hozirlash kabi jihatlar ko‘rib chiqildi. Natijada imom-xatib boshchiligidagi masjidlar jamoasining faoliyatiga ijobiy baho berildi.


Bundan tashqari, ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado qilib, qavmga “Tinchlik ne’mati”, “Shukronalik”, “O‘zaro hamjihatlik”, “Oila muqaddasligi”, “Husni xulq”, “Qo‘shnichilik odoblari”, “Mazhabga ergashish va yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruza qilishdi. Ularda 1 300 nafardan ortiq namozxon qamrab olindi.


Tadbir so‘ngida Sirdaryo tumani imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy va masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


Ma’lumot o‘rnida Sirdaryo viloyati imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2025 yilning 28 yanvar kuni Xovos tumanida o‘tkazilishi reja qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi