Quyida keltiriladigan fikrlar, hikmatlar ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalardan olib tarjima qilingan. Bundan tashqari sahobai kiromlar, ulug‘ olimlar, Yaqin Sharq, Osiyo, Yevropa va Amerika mutafakkirlarining bir qator fikrlari ham berilgan.
*****
Ey Robbim!
Har bir vafot etgan mo‘minni rahm qilgin!
Har bir bemorga shifo bergin!
Har bir g‘amnokka shodlik bergin!
Har bir ishsizga ish bergin!
Har bir befarzandga solih-soliha farzandlar ato etgin!
Har bir tolibi ilmga foydali ilm bergin!
Har bir bo‘ydoqqa solih-soliha juftni ro‘baro‘ qilgin!
Har bir mahzunga saodat bergin!
*****
Ko‘pincha sevishini ifoda qilib berolmaydiganlar ko‘proq sevishadi.
*****
Bu hayotda ko‘p narsani o‘zing o‘qib, o‘rganasan. Ammo qo‘pollikni boshqalar bilan bo‘ladigan sadoqatsiz muomalalardan keyin o‘rganasan.
*****
Eng hunuk narsalardan biri – qadrnonim deb yurgan odaming xatoyingni aytmasdan sen bilan aloqani uzishidir.
*****
Ba’zi odamlar sun’iy daraxtlarga o‘xshaydi. Har qancha sug‘orsang ham meva bermaydi.
*****
Hech kimni jerkib, chetga surib qo‘yma! Ammo seni xohlamaydigan insonni qo‘lidan tutib qolma.
*****
Shunday insonlar borki, ular odamlarga ayb izlash ko‘zi bilan, o‘zlariga esa go‘zallik, yutuq izlash ko‘zi bilan qaraydilar.
*****
Hech kimga zulm qilmaslikka, hech kimni g‘iybat qilmaslikka, hech kimning dilini og‘ritmaslikka, o‘zini hech kimdan ustun qo‘ymaslikka urinadigan kishilarga salomatlik bo‘lsin!
*****
Hammamizda ayblar bor. Agar Alloh taoloning “satr” (to‘sish, yashirish) degan ne’mati bo‘lmaganda, qattiq xijolatlikdan bo‘yinlarimiz egilib qolgan bo‘lardi.
Internet materiallaridan to‘plab, tarjima qiluvchi
Nozimjon Iminjonov
Bilasizmi? Silikat moddasiga boy bo‘lgan tuproqqa dafn qilingan insonning skeleti vaqt o‘tishi bilan tosh va xarsangga aylanadi.
Agar u pirit (temir sulfidi) moddasiga boy mintaqaga dafn qilinsa, unday jasad temir haykalga aylanib qolishi mumkin!
Bu ilmiy haqiqat yaqinda aniqlangan bo‘lsa-da, Qur’onda bu haqida 1445 yil oldin hayratlanarli tarzda juda aniqlik bilan bayon etilgan. Qur’onda bunday deyilgan:
وَقَالُوا أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا وَرُفَاتًا أَإِنَّا لَمَبْعُوثُونَ خَلْقًا جَدِيدًا
"Ular: “Biz suyaklarga va chang- tuproqlarga aylanib ketganimizdan keyin ham, yangitdan tiriltirilamizmi?” dedilar. “Sen ularga, toshga yoki temirga aylaninglar”, deb ayt"
(Isro surasi, 50-oyat).
Bu oyat yaqin yillarda kashf etilgan — suyaklari toshga aylangan yoki temir haykalga aylangan qazilmalarga ochiq va ravshan ishora qilmoqda. Go‘yoki Qur’onda xabar berilgan ushbu dalillar olimlar kashf qilishlarini uzoq asrlardan beri kutib yotgandek.
Shunday ekan, aqlli inson bunday ochiq-oydin va ravshan mo‘jizani qanday inkor qila oladi? Qur’onning bu mo‘jizasi kunduzdagi quyoshdek ravshan emasmi?
Homidjon domla ISHMATBЕKOV