Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447

Malayziya O‘zbekistonda islom bankingi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi

04.12.2018   2638   1 min.
Malayziya O‘zbekistonda islom bankingi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlaydi

Toshkent moliya instituti va Binary boshqaruv va tadbirkorlik universiteti (Malayziya) yangidan ochilayotgan o‘zbek-malayziya fakultetining o‘quv dasturini tasdiqlashdi.

Boshlang‘ich bosqichda Toshkent moliya instituti qoshidagi ushbu fakultetda 50 nafar magistrant moliya va bank ishi uchta ixtisosliklar bo‘yicha qabul qilinadi.

Malayziya universiteti ijrochi raisi Jozef Adaykalamning aytishicha, kelgusida fakultet o‘z faoliyati doirasini kengaytirib, xalqaro audit va islom bankingi bo‘yicha mutaxassislarni ham tayyorlashi mumkin bo‘ladi.

Unga ko‘ra, 30 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Binary universiteti dunyoning 21 ta mamlakati bilan xuddi ana shunday hamkorlikdagi o‘quv dasturlarini amalga oshirib kelmoqda.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohim Sendan qo‘rqaman

16.07.2025   787   1 min.
Allohim Sendan qo‘rqaman

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: «(Umrida) aslo yaxshilik qilmagan bir kishi o‘z ahliga: «O‘lsam, (jasadimni) kuydirib, yarmini quruqlikka, yarmini dengizga sochib yuboringlar. Allohga qasamki, agar Alloh meni topib olsa, hech kimga bermagan azobi bilan azoblaydi», dedi.

O‘sha odam o‘lgach, buyurganidek qilishdi. Alloh quruqlikka buyurdi, u (kulning) o‘zidagi qismini to‘pladi, so‘ng dengizga buyurdi, u ham uning o‘zidagi qismini to‘pladi. Keyin U Zot: «Nega bunday qilding?» dedi. U: «Sendan qo‘rqqanimdan, yo Robbim! Axir O‘zing bilguvchisan!» dedi. Shunda Alloh uni mag‘firat qildi» (Imom Muslim rivoyati).