Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Yanvar, 2025   |   9 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:35
Asr
15:31
Shom
17:15
Xufton
18:34
Bismillah
09 Yanvar, 2025, 9 Rajab, 1446

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sabrlari

30.11.2018   5352   3 min.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sabrlari

Hech bir inson Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamchalik musibat va mashaqqatlarga uchramagan. Biror-bir inson hayotida ko‘plab sinov, musibat va mashaqqatlarga uchragan bo‘lishi mumkin lekin, baribir u Payg‘ambarimizchalik qiynalmagan bo‘lib chiqaveradi.

U zot insonlar orasidagi eng sabrlisi bo‘lganlar. Biz u zotning hayotlarini o‘rganar ekanmiz nimalarga sabr qilganliklarini bilib olamiz.

U zot yetimlikka, faqirlikka, ochlikka, muhtojlikka, qiyinchilikka, o‘zlariga nisbatan bo‘lgan hasadga, ichiqoralik, ko‘rolmaslik va gohida dushmanni g‘olib bo‘lishiga nisbatan sabrli bo‘lganlar.

U zot o‘z uylarini, vatanlarini qolaversa o‘z ahlilaridan uzoqda bo‘lishga sabr qilganlar.

U zot yaqinlarini qatl qilinishiga, dushmanning hujumlariga, u zotga ergashganlarni surgun qilinishiga, dushmanlarning g‘azablariga, adovatchilar va uzotga qarshi jang qilmoqchi bo‘lganlarning jamoa bo‘lishlariga, g‘arazgo‘ylarning injiqliklariga, jabborlarning kibriga, arablarning nodonligiga, badaviylarning jafosiga, yahudiylarning hiylasigayu nasroniylarning kekkayishlariga, munofiqlarning yomonligigayu jangchilarning vahshiyliklariga sabr qilganlar.

U zot atroflaridagilarning peshonasi tirishishiga va uzoqdagilarning g‘azabiga, botilni tarqalishiyu yolg‘onga chiqaruvchilarning haddan oshishiga sabr qilganlar.

Sabr u zotning sovutlari, qalqonlari, do‘stlari va sheriklari bo‘lgan. Qachonki dushmanlarining so‘zlari u zotni bezovta qilsa, xavotirga solsa yoki xotirjamliklarini buzsa, darhol Alloh taoloning: “Bas, ular aytayotgan narsalarga sabr qil”, (Toha 130-oyat) degan oyatini eslar edilar.

Qachonki ishlarida holat tang bo‘lib, og‘irlashsa, tezda Alloh taoloning: “Bas, go‘zal sabr qil”, (Yusuf 18-oyat) degan oyatini eslar edilar.

Qachonki dushmanning dahshati u zotni larzaga keltirsa yoki kofirlarning rejasi bezovta qilsa, Alloh taoloning: “Bas, azmu-matonat sohibi bo‘lgan Payg‘ambarlar sabr qilgandek, sabr qil”, (Ahqof 35-oyat) degan oyatini eslar edilar.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sabrlari ishonch sabri edi. U zot Alloh taoloning nusratiga va va’dasi haqligiga ishonib sabr qilar edilar. U zot Alloh taologa suyanib va undan savob umid qilib sabr qilar edilar.

Amakilari vafot etdilar, sabr qildilar, ayollari olamdan o‘tdilar, sabr qildilar, amakilari Hamza roziyallohu anhuni qatl qilishdi, sabr qildilar, Makkadan haydadilar, sabr qildilar, farzandlari vafot etdi, sabr qildilar, pokdomon ayollari Oisha roziyallohu anhoga tuhmat toshini otishdi, sabr qildilar, u zotni yolg‘onchiga chiqarishdi, sabr qildilar.

Mushriklar va munofiqlar u zotni: shoir, kohin, sehrgar, majnun, yolg‘onchi va dinni o‘ylab topgan deyishdi, sabr qildilar. U zotni o‘z yurtlaridan chiqishga majbur qilishdi, aziyat berishdi, so‘kishdi, tahqirlashdi, haqoratlashdi, jang qilishdi va qamal qilishdi, barchasiga sabr qildilar.

Endi boshiga musibatlar tushgan va ko‘p qiynalgan kishiga bizning savolimiz shuki, sizning qiynalganlaringiz va sizga kelgan musibatlar ham shu qadarmi? Sizning sabringiz ham u zotning sabri kabimi?

U zot sabr qiluvchilarning imomi va shukr qiluvchilarning ibratlisi va peshqadamidirlar.   

Alloh taolo barchamizga u zot kabi sabr qilishni hamda hayotimizda u zotning hayotlari ibrat va o‘rnak bo‘lishini nasib qilsin.

                                                                                                                                                                                                                                     

 

Manbalar asosida Yunusobod tumani

“Kulol-Qo‘rg‘on” jome’ masjidi imom-xatibi

Abdurahmonov Yahyo tayyorladi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Qur’on va tajvid markaziga tashrif

9.01.2025   2686   1 min.
Qur’on va tajvid markaziga tashrif

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qur’oni karim va tajvidni o‘rgatish bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum o‘g‘li hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod shahridagi Qur’on va tajvid markaziga tashrif buyurdilar. 
 

Markaz ma’muriyati hamda u yerda ta’lim olayotgan tinglovchilar bilan bo‘lib o‘tgan suhbat har jihatdan samarali bo‘ldi. Xususan, uchrashuvda Shayx Alijon qori hafizahulloh Qur’oni karimni yodlash fazilatlari, bu borada yaratilgan shart-sharoitlarning qadriga yetish, shukrona keltirish, vaqtdan unumli foydalanish kabi mavzularda go‘zal mav’iza qilib berdilar.


Haqiqatan, Qur’oni karimni yodlash, oyatlar ma’no-mazmunlarini tafakkur va tadabbur qilish ibodat va chinakam saodatdir.


Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Sizlarning yaxshilaringiz Qur’oni karimni o‘rgangan va o‘rgatganlaringizdir", deb marhamat qilganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Toshkent viloyati vakilligi 
Matbuot xizmati

Qur’on va tajvid markaziga tashrif Qur’on va tajvid markaziga tashrif Qur’on va tajvid markaziga tashrif
O'zbekiston yangiliklari