O‘zbekiston hududida ko‘plab tarixiy obidalar mavjud, mamlakatda oxirgi yillarda turizmni rivojlantirish uchun choralar ko‘rilmoqda, ularning soni yildan-yilga oshib bormoqda, deb xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.
O‘zbekistonda qadimgi madrasalar, masjidlar, karvonsaroylar, diniy majmualar, Imom Buxoriy va Imom Moturidiy kabi mashhur islom ulamolarining maqbaralari bor.
Toshkentda ham zamonaviy, ham tarixiy binolarni uchratasiz.
Turistlar Toshkentda, albatta, Hazrati Usmon Mus'hafi saqlanadigan «Xasti-Imom» majmuasiga tashrif buyurishlari kerak. Bu muborak Qur’on uchinchi xalifa Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) buyruqlariga asosan VII asrda (644-648 yy.) kiyik terisiga ko‘chirtirilgan. Movarounnahrga Sohibqiron Amir Temur davrida — 1375 yili Iroqdan olib kelingan. Mus'haf uzoq yillar Samarqanddagi Nodir Devonbegi Tog‘o madrasasida saqlanadi. O‘rta Osiyoni Rusiya bosib olganidan so‘ng, u Sankt-Peterburg imperatori kutubxonasiga berib yuboriladi. 1917 yil oktyabr inqilobidan so‘ng Mus'haf Rusiya musulmonlari idorasiga berilgan. O‘shanda Rusiya musulmonlari idorasi Ufa shahrida joylashgan edi. Shundan so‘ng Toshkent, Sirdaryo ulamolari talabiga muvofiq, «Mus'hafi Usmonni O‘zbekistonga qaytarib berish to‘g‘risida»gi hujjatga asosan 1924 yili maxsus poyezd bilan Toshkentga yuborilgan. Mus'haf bir oz muddat Toshkent shahridagi "Xoja Ahror Valiy" masjidida, keyinchalik "O‘zbekiston tarixi" davlat muzeyida saqlandi. 1989 yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan "Mus'hafi Sharif" O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim qilindi.
«Xasti-Imom» majmuasi tarkibiga Baroqxon madrasasi, Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti, "Tilla Shayx" masjidi, Mo‘yi Muborak madrasasi va "Hazrati Imom" masjidi kabi me’morchilikning ajoyib namunalari kiradi, deyiladi agentlik xabarida.
O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati
Saudiya Arabistoni tomonidan Makkadagi Masjidul Haromning uchinchi kengaytirilishida Qur’onga yo‘naltirilgan ma’lumot ko‘rgazmasi ochildi va tashrif buyuruvchilarga noyob va tarixiy qo‘lyozmalardan foydalanish imkoniyatini taqdim etdi.
Tashabbus dunyoning turli burchaklaridan 1,6 milliondan ortiq ziyoratchilar ishtirokida yakunlangan 2025-yilgi Haj mavsumidan bir necha kun o‘tib amalga oshirildi.
Din ishlari raisligi tomonidan Masjidul Harom va Masjidun Nabaviyda tashkil etilgan ko‘rgazma tashrif buyuruvchilarga Qur’on yo‘l-yo‘riqlari, uning madaniy va tarixiy mazmuni haqida ma’lumot berishdan iborat.
Quran.uz