Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Yanvar, 2025   |   17 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:46
Peshin
12:38
Asr
15:40
Shom
17:24
Xufton
18:42
Bismillah
17 Yanvar, 2025, 17 Rajab, 1446

Oilaviy munosabatlardagi muammolar: sabab va echimlar

19.07.2023   594   2 min.
Oilaviy munosabatlardagi muammolar: sabab va echimlar

Amman (Iordaniya) universiteti professori, Bulg'or Islom akademiyasi o'qituvchisi, Shayx Abdurazzoq Sa'diy  jamiyatda oilaviy munosabatlarda yuzaga kelayotgan muammolarning asosiy sabablari sifatida quyidagi omillarni keltiradi:

- yoshlar oila tushunchasi, er va ayollikning burch va mas'uliyatini to'liq his etmasligi;

- ayrim ota-onalarning farzand tarbiyasi va ta'limiga mas'uliyatsizlik bilan qarashi;

- oilaning moddiy-ma'naviy holati: kamchilik, boriga qanoat qilmaslik, o'zaro tushunish, sabr-toqatning etishmasligi;

- er yoki xotinning xiyonati, ayolga nisbatan zo'ravonlik;

- internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali oila qadriyatlariga yot bo'lgan omillarning ta'siri;

- jinsiy munosabatlarda tibbiy nuqsonlar va hokazo omillar sabab bo'lmoqda.

Mazkur muammolarning echimi sifatida esa quyidagi tavsiyalarni keltiradi:

- yoshlar oila qurishdan avval bo'lajak turmush o'rtog'ining mol-davlati, shon-shuhratiga emas, tarbiyasi va axloqi, ma'naviy go'zalligiga e'tibor qaratishi lozim;

- oilaviy munosabatlarda o'zaro kelishmovchilik kelib chiqqan holatlarda, shoshma-shosharlik bilan ajralish uchun taraddud ko'rish kerak emas, o'rtani isloh qilish va yarashtirish uchun harakat qilish kerak;

- oilada iqtisodiy tanglik holatida boriga qanoatli va sabrli bo'lish;

- so'zi ta'sirchan hamda namunali oila vakillari tomonidan oila muqaddasligi, farzand tarbiyasi, taloqning oqibatlari kabi mavzularda tushuntirish ishlarini tizimli tashkil etish;

- diniy idora tizimida oilalarda vujudga kelayotgan nohaqlik, zulm va ajrimlarning oldini olish maqsadida fiqhiy ilmga ega bo'lgan etuk mutaxassislar hay'atini tuzish va muammolarga o'z vaqtida echim topib berish maqsadga muvofiq bo'ladi.

 iiau.uz manbasi asosida tayyorlandi

Jaholatga qarshi ma'rifat
Boshqa maqolalar

Faqirlikdan qutulish uchun

17.01.2025   1374   1 min.
Faqirlikdan qutulish uchun

Uydan faqirlikni quvishda Ixlos surasini o‘qish haqida

Sahl ibn Sa’d Su’adiy roziyallohu anhudan rivoyat qiladi, ansorlardan bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning oldilariga kelib faqirlik va yashash qiyinligidan shikoyat qildi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: “Uyingga kirsang, uyda biron kim bo‘lsa salom ber. Hech kim bo‘lmasa menga salovot ayt va “Qul huvallohu ahad”ni bir marta o‘qi”, dedilar.

U kishi shunday qilgandi, Alloh taolo unga mo‘l rizq ato etdi, rizqini ko‘payib berdi va hatto (orttirib) qo‘shnilariga ehson qila boshladi.

“Tafsiri Abul futuh” va “Mustadrok”dan