Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Yanvar, 2025   |   20 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:43
Shom
17:28
Xufton
18:45
Bismillah
20 Yanvar, 2025, 20 Rajab, 1446

E'tiqodda adashmaylik

19.07.2023   560   10 min.
E'tiqodda adashmaylik

Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayot vaqtlarida aslo vujudga kelmagan, ammo kelajakda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan, xalqlar va millatlar birligi hamda osoyishtaligiga tahdid soluvchi fitna-fasod, buzg'unchiliklar haqida ogohlantirgan edilar: “Ummatimdan qaysi biri ummatimga karshi chiqsa, uning yaxshi va yomonini farkiga bormasa, mo'minga ziyon tegishidan o'zini tiymasa, bergan va'dasiga vafo qilmasa, u mening ummatim emas!” (Muslim rivoyati).

Dinimiz dushmanlari dinning asl mohiyatini buzib ko'rsatish, undan o'z manfaatlari va qabih rejalari yulida foydalanishga urinishlari dunyoda avj olyapti. Bu g'arazli harakatlar ta'siridan mintaqamiz ham chetda qolayotgani yuq. Keyingi paytlarda ayrim diniy siyosiy va ekstremistik kuchlar dinni siyosiylashtirishga, shu yul bilan odamlar xususan yoshlar ongiga ta'sir o'tkazishga zo'r berib intilayotgani hech kimga sir bo'lmay qoldi. Bu harakatlar esa Islomning insonparvaplik g'oyalarini obro'sizlantirishga sabab bo'lmoqda.  Islom dini zo'ravonlik qon to'kish yoki buzg'unchilikka targ'ib qilmasligi, aksincha, bu din tinchlik, insonparvarlik, kengbag'irlik, ezgulik dini ekanini yaxshi tushinmoq lozim. Bugungi kunda odamlarimizga sof diniy manbalar asosida tashqi kuchlarning din omilidan manfaatlari yulida foydalanish uchun olib borayotgan harakatlarini moxiyatini ochib berish kerak.  Mana shu jihatdan olib qaraydigan bulsak, imon va kufr masalasi ham Islomdagi eng nozik, ahamiyatli masalalardandir. Bir insoning musulmonlik da'vosida rostguy ekani yolg'iz Parvardigorgagina ayon. Shuning uchun ham o'tmishdagi buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarmiz o'zlaricha faraz qilishdan saqlanishgan, muayyan bir shaxsni kofirga hukm qilish borasida juda ehtiyotkor bo'lgan. Bugungi kunga kelib kufr masalasida o'ta juratli bo'lib ketdi eng achinarlisi hali. Islomni chuqur o'rganmagan, etarli bilim olmagan ba'zi yoshlarimiz ularga ko'r ko'rona ergashib, zalolat va johillik yuliga kirib ketishi insonni o'ylantiradi.

Alloh taolo o'z bandalarini so'zlarning eng go'zaliga foydalisiga ergashishga chaqiradi «bas (ey Muxammad)Mening shunday bandalarimga xushxabar beringki, ular gapni tinglab, so'ng uning eng go'zaliga ergashadilarAynan o'shalar Alloh hidoyat etgan zotlardir va aynan o'shalargina aql egalaridir.»(zumar surasi 17-18oyatlar) .

Payg'ambarimiz Muhammad alayxissalomdan rivoyat kilingan hadislarda ham insonlar yaxshi amallar qilishga, yomonliklardan qochishga chaqiriladi.  «Musulmon kim?- uning qo'lidan va tilidan hech kim ziyon ko'rmagan kishi . Mo''min kim? — boshqalarning moli va joniga tajovvuz etmaydigan kishiMuhojir kim?— gunoh va ma'siyatlarni tark etgan kishiAlloh yulida mujohid kim?—  nafsiga qarshi kurashishga kirishgan kishi  »  

Mana bizga Islom nimani o'rgatayapti. Biror shaxs yoki butun boshli jamiyatni kofirga chiqarish o'ta qaltis ish bo'lib, bunga ko'r ko'rona munosabatda bo'lish yaramaydi. Chunki buning ortida kufrga chiqarayotgan yoki chiqarilayotganlardan biri uchun daxshatli oqibat yotibdi. Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat kilgan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va salam bunday deganlar «Kishi o'z birodariga «ey kofir»desa kufr  ikkisidan biriga qaytadi ». hadisdan ko'rinib turibdiki, o'zgani kofirga chiqarish  oddiy haqorat so'zi emas, aksincha birovning taqdiriga aralashib, o'z oxiratini boy berib qo'yish ehtimolini tug'dirish mumkin bo'lgan xatarli masalalardan biri ekan. Musulmon kishini biror gunohi yoki bilmasdan kilgan xatolari uchun kofirga chiqarish yoki ko'pchilik aholisi musulmon bo'lgan o'lkalarni «kufr diyori» deb atash dinimiz ta'limotiga mutlaqo ziddir. Buyuk mazhabboshimiz imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh aqidaga oid «Fiqhul akbar» kitobida bayon etilgan quyidagi fikrlarni keltirib o'tish maqsadga muvofiqdir «Biror musulmonni qilgan gunohi uchun kofirga chiqarmaymizgarchi u gunohi kabira bo'lsa ham . Basharti uni halol deb e'tiqod qilmagan bo'lsa undan imon ismini olib tashlamaymiz uni haqiqiy mo'min deb atayveramizUni fosiq mo'min deb atash mumkin , ammo kofir deb emas.».

Yaratgan buyuk  ajdodlarimizning boy madaniyat va ma'rifat buloqlaridan bahramand bo'lgan xalqimizning  diniy bag'rikenglik  dinu-diyonat, iymonu-e'tiqod, odobu-axloq, mehru-muruvvat, oila, farzand tarbiyasi, ota-ona hurmati va izzati borasida ham o'ziga xos keng fe'llik, sahovat va mo''tadillik tamoyillariga amal qilishni bardavom qilsin. Yurtimizda tinchlik-xotirjamlik bardavom bo'lsin, o'zaro totuvligimiz, inoqligimiz yanada mustahkam bo'lsin!

Sirdaryo viloyati bosh imom xatibi  Habibulloh  ZOKIROV

Jaholatga qarshi ma'rifat
Boshqa maqolalar

"Maqsadimga erishdim" degan adashadi

16.01.2025   5923   4 min.

Har birimiz hayotda muvaffaqiyat qozonish istagida bo‘lamiz-u, lekin unga yetisha olmaymiz. Buning sababi esa “muvaffaqiyat”ni yetib bo‘lmas bir ro‘yo deb o‘ylashimizdir. Aslida biz muvaffaqiyatga eltuvchi omillarga bee’tibor bo‘lamiz, natijada muvaffaqiyatsizliklarimiz ko‘payib boraveradi.

Muvaffaqiyat – bu yaxshidan yanada yaxshirog‘i tomon intilishimizdir. (Barkamollik Alloh taoloning O‘zigagina xosdir). Birortasi sizga “Hayotdagi maqsadimga erishdim” desa, bilingki, u odam qulay boshlabdi. Kishi muvaffaqiyat sari harakat qilishi zarur. Zero, Alloh azza va jalla hech bir odamning ajrini zoye qilmas. Badi’uz zamon Hamazoniy bunday deydilar:

Vojib manga tirishmog‘im, qilmoq jahd,
Shart bo‘lmag‘ay najohni idrok etmak.

Hayot bo‘stonidan muvaffaqiyat mevalarini terish ilinjidagi kishiga oid mana bu nasihatlar sizga ham asqatadi. Bu nasihatlar ikki dunyo saodatini topish uchun chaqiriqdir. Zero, oxirat diyorida kishi ochiq-oydin xusronga yuz tutar ekan, uning dunyo hayotidagi zafaridan ne naf?!

Alloh taologa taqvoni lozim tuting, shuning o‘zi xayr­li oziqa va a’lo nasihatdir. Zero, Alloh taolo Taloq surasining 2–3-oyatlarida: «...Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning yo‘lini ochib qo‘yur. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur...», deya marhamat qiladi va yana xuddi shu suraning 4-oyati so‘ngida ham: «...Kim Allohga taqvo qilsa, U Zot uning ishida osonlik qilib beradur!» – deya  taqvo qilishga amr qilgan.

Qalbingiz avval Alloh taolo va Uning Rasuliga, ke­yin esa ota-onangiz va atrofingizdagilarga muhabbat ila to‘lib-toshsin. Zero, muhabbat kishini yoshartiradi, umrni uzaytiradi, xotirjamlik baxsh etadi. Nafrat esa qalbni qoraytiradi. Muhabbat jarohatga malham bo‘lib xizmat qiladi hamda qalbga mehr va yaqinlik taftini soladi.

O‘zingizga bo‘lgan muhabbatingiz boshqalarga nisbatan kichikroq, ozroq bo‘lsin. Alloh taolo Hashr surasining 9-oyatida ansoriylarni maqtab: «...Va gar o‘zlarining hojatlari bo‘lsa ham, (ularni) o‘zlaridan ustun qo‘yarlar...», deya marhamat qiladi. Odamlarga yaxshilik ilinib farahmand bo‘ladigan kishilar haqiqiy baxtiyor insonlardir. Badbaxtlar esa faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlaydilar. Oxir-oqibatda hech qanday savobga erishmaydilar.

Qalbingizni muhabbat, bag‘rikenglik, g‘amxo‘rlik kabi tuyg‘ular bilan to‘ldirish uchun harakat qiling. Hech shak yo‘qki, badbaxtlarning qalblari hasad, g‘azab va nifoq ila limmo-lim bo‘ladi.

O‘tgan ishlarga qayg‘urmang! Noxushliklarga ko‘z yosh to‘kish foyda bermaydi. Birovlarning musibatlaridan kuladiganlar esa o‘zlariga jabr qiladilar. Ko‘zadagi to‘kilgan sutga ayyuhannos solgandan ko‘ra, uning o‘rnini qoplash payida bo‘ling. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana bu muborak so‘zlarini doimo yodda tuting: “Senga biror ish sodir bo‘lsa, “agar bunday qilganimda, mana bunday bo‘lardi-da” deya ko‘rma, faqatgina “Alloh taqdir qilgan ekan, O‘zi xohlagani bo‘ldi” deb
aytgin. “Agarda” shaytonga yo‘l ochib beradi”[1].

Nafsingizni yaxshi gumon qilishga o‘rgating! Zero, yaxshi gumonda bo‘ladiganlar tunda osmonga tikilib, oyning nazokatini ham ko‘ra oladilar. Badgumonlar esa samoga tashlagan nazari ortida zulmatdan boshqa narsani ko‘ra olmaydilar. Boshqalarni o‘zidan ko‘ra yaxshiroq deb o‘ylaydiganlardan bo‘ling. Yaxshilikka yo‘yuvchilar boshqalarning muhabbatiga sazovor bo‘ladilar. Badgumonlar esa o‘z atrofidagilarni go‘yo quvib-soladilar.

Haliymiy  aytadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam yaxshi gumonni xush ko‘rardilar. Chunki  badgumonlik Alloh taolo xususidagi yomon o‘ylovdir. Nekgumonda bo‘lish esa Alloh taolo xususidagi yaxshi o‘ydir. Mo‘min hamma holatda ham Alloh taolo xususida yaxshi gumonda bo‘lishga ma’murdir”.

Boshqa bir hadisda Muoviya ibn Hakam roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men: “Yo Allohning Rasuli, bizning oramizda shumlanadiganlar bor”, dedim. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “U ko‘ngillariga kelgan narsa xolos. Bu narsa ularni (biron ish qilishdan) to‘smasin”, dedilar».

Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar" nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1] Imom Muslim rivoyati.