Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayot vaqtlarida aslo vujudga kelmagan, ammo kelajakda paydo bo'lishi mumkin bo'lgan, xalqlar va millatlar birligi hamda osoyishtaligiga tahdid soluvchi fitna-fasod, buzg'unchiliklar haqida ogohlantirgan edilar: “Ummatimdan qaysi biri ummatimga karshi chiqsa, uning yaxshi va yomonini farkiga bormasa, mo'minga ziyon tegishidan o'zini tiymasa, bergan va'dasiga vafo qilmasa, u mening ummatim emas!” (Muslim rivoyati).
Dinimiz dushmanlari dinning asl mohiyatini buzib ko'rsatish, undan o'z manfaatlari va qabih rejalari yulida foydalanishga urinishlari dunyoda avj olyapti. Bu g'arazli harakatlar ta'siridan mintaqamiz ham chetda qolayotgani yuq. Keyingi paytlarda ayrim diniy siyosiy va ekstremistik kuchlar dinni siyosiylashtirishga, shu yul bilan odamlar xususan yoshlar ongiga ta'sir o'tkazishga zo'r berib intilayotgani hech kimga sir bo'lmay qoldi. Bu harakatlar esa Islomning insonparvaplik g'oyalarini obro'sizlantirishga sabab bo'lmoqda. Islom dini zo'ravonlik qon to'kish yoki buzg'unchilikka targ'ib qilmasligi, aksincha, bu din tinchlik, insonparvarlik, kengbag'irlik, ezgulik dini ekanini yaxshi tushinmoq lozim. Bugungi kunda odamlarimizga sof diniy manbalar asosida tashqi kuchlarning din omilidan manfaatlari yulida foydalanish uchun olib borayotgan harakatlarini moxiyatini ochib berish kerak. Mana shu jihatdan olib qaraydigan bulsak, imon va kufr masalasi ham Islomdagi eng nozik, ahamiyatli masalalardandir. Bir insoning musulmonlik da'vosida rostguy ekani yolg'iz Parvardigorgagina ayon. Shuning uchun ham o'tmishdagi buyuk allomalarimiz, mutafakkirlarmiz o'zlaricha faraz qilishdan saqlanishgan, muayyan bir shaxsni kofirga hukm qilish borasida juda ehtiyotkor bo'lgan. Bugungi kunga kelib kufr masalasida o'ta juratli bo'lib ketdi eng achinarlisi hali. Islomni chuqur o'rganmagan, etarli bilim olmagan ba'zi yoshlarimiz ularga ko'r ko'rona ergashib, zalolat va johillik yuliga kirib ketishi insonni o'ylantiradi.
Alloh taolo o'z bandalarini so'zlarning eng go'zaliga foydalisiga ergashishga chaqiradi «bas (ey Muxammad)Mening shunday bandalarimga xushxabar beringki, ular gapni tinglab, so'ng uning eng go'zaliga ergashadilar. Aynan o'shalar Alloh hidoyat etgan zotlardir va aynan o'shalargina aql egalaridir.»(zumar surasi 17-18oyatlar) .
Payg'ambarimiz Muhammad alayxissalomdan rivoyat kilingan hadislarda ham insonlar yaxshi amallar qilishga, yomonliklardan qochishga chaqiriladi. «Musulmon kim?- uning qo'lidan va tilidan hech kim ziyon ko'rmagan kishi . Mo''min kim? — boshqalarning moli va joniga tajovvuz etmaydigan kishi. Muhojir kim?— gunoh va ma'siyatlarni tark etgan kishi. Alloh yulida mujohid kim?— nafsiga qarshi kurashishga kirishgan kishi »
Mana bizga Islom nimani o'rgatayapti. Biror shaxs yoki butun boshli jamiyatni kofirga chiqarish o'ta qaltis ish bo'lib, bunga ko'r ko'rona munosabatda bo'lish yaramaydi. Chunki buning ortida kufrga chiqarayotgan yoki chiqarilayotganlardan biri uchun daxshatli oqibat yotibdi. Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat kilgan hadisda Rasululloh sallallohu alayhi va salam bunday deganlar «Kishi o'z birodariga «ey kofir»desa kufr ikkisidan biriga qaytadi ». hadisdan ko'rinib turibdiki, o'zgani kofirga chiqarish oddiy haqorat so'zi emas, aksincha birovning taqdiriga aralashib, o'z oxiratini boy berib qo'yish ehtimolini tug'dirish mumkin bo'lgan xatarli masalalardan biri ekan. Musulmon kishini biror gunohi yoki bilmasdan kilgan xatolari uchun kofirga chiqarish yoki ko'pchilik aholisi musulmon bo'lgan o'lkalarni «kufr diyori» deb atash dinimiz ta'limotiga mutlaqo ziddir. Buyuk mazhabboshimiz imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh aqidaga oid «Fiqhul akbar» kitobida bayon etilgan quyidagi fikrlarni keltirib o'tish maqsadga muvofiqdir «Biror musulmonni qilgan gunohi uchun kofirga chiqarmaymiz, garchi u gunohi kabira bo'lsa ham . Basharti uni halol deb e'tiqod qilmagan bo'lsa undan imon ismini olib tashlamaymiz uni haqiqiy mo'min deb atayveramiz. Uni fosiq mo'min deb atash mumkin , ammo kofir deb emas.».
Yaratgan buyuk ajdodlarimizning boy madaniyat va ma'rifat buloqlaridan bahramand bo'lgan xalqimizning diniy bag'rikenglik dinu-diyonat, iymonu-e'tiqod, odobu-axloq, mehru-muruvvat, oila, farzand tarbiyasi, ota-ona hurmati va izzati borasida ham o'ziga xos keng fe'llik, sahovat va mo''tadillik tamoyillariga amal qilishni bardavom qilsin. Yurtimizda tinchlik-xotirjamlik bardavom bo'lsin, o'zaro totuvligimiz, inoqligimiz yanada mustahkam bo'lsin!
Sirdaryo viloyati bosh imom xatibi Habibulloh ZOKIROV
“Haj – 2025” mavsumi ziyoratchilari toat-ibodatlarini qulay sharoitlarda bajarishlarini ta’minlash maqsadida Saudiya Arabistoni safarida bo‘lib turgan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy mutasaddi idoralar bilan muzokaralar o‘tkazishmoqda.
Xususan, muborak maskanlar – Mino, Arafot va Muzdalifa vodiylarida munosib shart-sharoitlar hozirlash yuzasidan mazkur hududlarda turar joy, transport, oziq-ovqat ta’minoti bilan shug‘ullanadigan “Tavofa” muassasasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda har bir hoji uchun Mino vodiysida yetarli o‘rin bilan ta’minlash, Arafot hududidagi chodirlarni issiq o‘tkazmaydigan zamonaviy sendvich panellar bilan o‘rashni oxiriga yetkazish, ularda “Sofa bed” (yostiq va to‘shak), “Martaba” (to‘shak), sovutkich singari qulayliklar qilish, kommunal xizmatlarni yaxshilash, uch mahal issiq ovqat va muntazam choy-salqin ichimliklar bilan ta’minlashga urg‘u qaratildi. Shuningdek, Muzdalifa hududida yetarli miqdordagi gilam-poloslar va suv bilan ta’minlash qo‘shimcha qilindi.
Ayniqsa, hojilarning muqaddas makonlarda vaqtlarini g‘animat bilib, doimo toatu ibodatda bo‘lishlari uchun taniqli ulamolarning suhbatlari, mashhur qorilarning qiroatlarini barchaga yetkazish uchun mikrafon va ovoz kuchaytirgichlarni yetarli darajada tashkil etishga e’tibor qaratildi.
Soha rahbarlari tomonidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov va O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi "Haj va Umra" markazi rahbari Ziyouddin Maqsudovga mazkur xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarini yanada sinchkovlik bilan o‘rganish va yakuniy ma’lumotlarni taqdim etish yuzasidan ko‘rsatma berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati