Shu kunlarda Qrimdagi Simferopol masjidi qurilishi yakunlanmoqda. Obodonlashtirish ishlari 90 foizga bajarildi, ichki pardozlash ishlari davom etmoqda. Uni sentyabr' oy oxiriga qadar tugatish rejalashtirilgan. Mazkur masjid 2016 yildan buyon qurilmoqda.
Qrim Respublikasi rahbari Sergey Aksyonovning so'zlariga ko'ra, ushbu masjid Qrim va Simferopolning asosiy Juma masjidiga aylanadi.
Masjidning umumiy maydoni 2 ming kvadrat metr. 4 ming kishiga mo'ljallangan. Asosiy xonaqoh 1,5 ming kishini sig'diradi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda ta’lim sohasini yanada yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish, o‘quv-me’yoriy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, mavjud fanlarni, xususan ijtimoiy-gumanitar va fanlarni o‘qitish sifatini yuqori bosqichga olib chiqish, o‘qituvchilar metodologiyasini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Majlis davomida ta’lim muassasalari misolida amalga oshirilish lozim bo‘lgan masalalar o‘rtaga tashlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.