frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Nima uchun har kuni qatiq ichish kerak?

17.07.2023   1041   2 min.
Nima uchun har kuni qatiq ichish kerak?

Qatiq – organizmga juda oson so'riladigan mahsulot. Ushbu ne'mat surunkali uyqusizlikda shifo bo'ladi, charchoqni oladi. U uyqu dorisidek ta'sirga ega bo'lgani bois shifokorlar uni kechasi yotishdan avval ichishni tavsiya qilishadi.

Ayniqsa, yog'siz kefir turli kasalliklarga tavsiya qilingan diyetalarning ajralmas qismi sifatida ishlatiladi.

Qatiq tarkibida kal'tsiy va fosfor darmondorilari mo'l bo'lib, suyaklar, tishlar va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Yuz terisining tiniq bo'lishini va mushaklarning sog'lomligini ta'minlaydi. Yana u ingichka va yo'g'on ichaklarni va qon tomirlarini tozalashda ishtirok etadi. Holesterinni, ya'ni ortiqcha xiltlarni yo'qotishda organizmga ko'maklashadi.

Disbakterioz va diareyani davolashda ham qatiqdan foydalanish mumkin. Shuningdek, u tanamizni bir qancha kasalliklardan himoyalaydi. Antibiotik bilan davolanish jarayonida qatiq ichish ichak mikroflorasini yaxshilab, organizmning immun tizimini mustahkamlaydi. Ichaklardagi foydali bakteriyalarni tiklashda yordam beradi. Shuningdek, organizmning zararli mikrob va bakteriyalarga qarshi kuchini oshiradi.

Olimlarning aniqlashicha, doimiy ravishda qatiq ichib yuruvchilarning tanasiga saraton xastaligi yaqin yo'lamas ekan. Bolalarda uchraydigan bir qancha infektsion kasalliklarning oldini olishda, raxit kasalligi, kamqonlikni davolash jarayonida, allergik kasalliklarda, turli yallig'lanish bilan kechuvchi xastaliklarda va ishtaha yo'qolganda qatiq ichish maqsadga muvofiq.

Bolalarga tishlarining sog'lom o'sishi va suyaklarining baquvvat bo'lishi uchun sut va qatiq mahsulotlarini kunlik ovqatlanish tartibiga kiritish lozim. Bir sutkada 0,5 l qatiq ichish bolaning sog'lom o'sishiga yordam beradi. Shifokorlar homilador ayollarga har kuni 1 stakan qatiq ichishni tavsiya etadi.

Sog'lom bo'lishni istagan kishi bir yoki ikki kunni qatiqli parhez kuni sifatida ajratishi maqsadga muvofiq. Bunda ratsionda 30–40 g oqsil, sut, qatiq, tvorog, 200–300 g uglevod hamda 20–30 g yog' bo'ladi. Natijada ortiqcha vazn va yog'lardan xalos bo'linadi, yurak-qon tomirlaridagi harakat me'yorlashadi, xavfli shishlar so'rila boshlaydi.

Og'ir turdagi me'da xastaligi bo'lgan bemorlar ham shifokor gastroenterolog maslahati bilan qatiq iste'mol qilishi mumkin.

 Shoira BYeKChONOVA,

tibbiyot fanlari nomzodi,

oliy toifali shifokor

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Videolar

Diniy-ma’rifiy faoliyat uchun yangi bino topshirildi

11.08.2026   7421   1 min.
Diniy-ma’rifiy faoliyat uchun yangi bino topshirildi

 


11.08.2026

 

VIDEO