— Muammoingiz nima?
— Charchoq va og‘ir ish.
— Nima ish qilasiz?
— Bankda hisobchi.
— Ayolingiz nima ish qiladi?
— Ishlamaydi. Faqatgina uy bekasi.
— Kim ertalab sizni va farzandlaringizni uyg‘otib, barchangizga nonushta tayyorlaydi?
— Ayolim. Chunki, u ishlamaydi-da.
— Ayolingiz qachon uyg‘onadi va siz qachon uyg‘onasiz?
— Ayolim ertalab beshda, men yettida uyg‘onaman. Chunki, u bolalarni maktabga tayyorlab, bizga nonushta pishiradi.
— Bolalarni maktabga kim olib boradi?
— Ayolim. Chunki, u ishga bormaydi.
— Ayolingiz bolalarni maktabga olib borgandan keyin nima ish qiladi-yu, siz nima ish qilasiz?
— Uyga qaytib, tushlik tayyorlaydi, kiyimlarni yuvadi, uyni supuradi, farzandlarning qaytishini kutadi. Ishlamaydi-da, shuning uchun bu yumushlarni u qiladi. Men esa, peshindan keyingi soat beshgacha ishxonada bo‘laman.
— Kechqurun ishdan qaytganingizda, nima qilasiz? Ayolingiz nima qiladi?
— Mashaqqatli ish kunidan so‘ng ovqatlanib, biroz dam olaman. Ayolim bolalarimning uy vazifalarini qilishga qarashib yuboradi. Keyin choy damlab kelib, birga choy ichish uchun meni uyg‘otadi.
— Shundan keyin kechqurun siz nima qilasiz? Ayolingizchi?
— Gazeta o‘qiyman, televizor ko‘raman, yangiliklar bilan tanishaman, ayolim idishlarni yuvadi, uyni tozalaydi va bolalarimni uyquga hozirlaydi.
— Endi aytingchi, psixolog maslahatiga kim kelishi kerak?! Sizmi yoki ayolingizmi?! Ko‘proq kim dam olishi kerak?! Sizmi yoki ayolingizmi?! Erta tongdan to kechgacha tinmay mehnat qiladigan ojiza insonni «Ishlamaydi!», «Ishsiz!» deyishga uyalmaysizmi?! Ish soatisiz, maoshsiz, texnika xavfsizligisiz, qo‘lqopsiz, mukofot pulisiz, tashakkursiz ishlaydigan va bu ishlarni qilib malollanmaydigan, shikoyat qilmaydigan, tashlab, ketib qolmaydigan insonni «Ishlamaydi!», «Ishsiz!» deyishga uyalmaysizmi?! Onalar, opalar, singillar, xotinlar, qizlar kun bo‘yi tinim bilishmaydi. Ayrim opa-singillarimiz esa bu yumushlardan tashqari jamiyat rivoji, xalq farovonligiga ham munosib hissa qo‘shishga ulgurishadi. Yana ularni ko‘plab erkaklar «bekorchi» deyishadi.
Internet materiallaridan
Nozimjon Iminjonov tarjimasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Chap qo‘lni orqaga qilgan holda, unga suyanib o‘tirish joizmi? Yoshi kattalar bu ishni “yomon” deb, qaytarishadi.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu ish joiz emas. Yoshi kattalar bu ishni bejizga “yomon” deb, qaytarishmagan. Zero, bu makruh amal sanaladi. Bu haqda Sharid ibn Suvayd ismli sahobiy roziyallohu anhu shunday deganlar:
مَرَّ بي رسولُ اللهِ صلَّى اللهُ عليهِ وسلَّم وأنا جالسٌ هكذا وقد وَضَعْتُ يَدِي اليُسْرَى خلفَ ظهري واتَّكَأْتُ على أَلْيَةِ يَدِي فقال أَتَقْعُدُ قَعْدَةَ المغضوبِ عليهم
“Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening oldimdan o‘tib qoldilar. Men chap qo‘limni orqamga qo‘yib, qo‘limning kaftiga suyanib o‘tirgan edim. Shunda U Zot “G‘azab qilinganlarni o‘tirishi kabi o‘tirasanmi?”, deb tanbeh berdilar” (Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati).
Shunga ko‘ra faqihlar “Kishi xoh bir qo‘liga suyansin, xoh ikki qo‘liga suyansin, farqi yo‘qdir. Ya’ni, har ikkala holatda ham makruh bo‘ladi”, deganlar (“Mirqotul-mafotih” kitobi asosida). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.