Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2025   |   29 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:11
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:21
Bismillah
24 Iyul, 2025, 29 Muharram, 1447

O'zbekiston musulmonlari idorasi vakili Rossiyaning Ural federal okrugida vatandoshlarimiz bilan qator uchrashuvlar o'tkazdi

14.07.2023   1526   1 min.
O'zbekiston musulmonlari idorasi vakili Rossiyaning Ural federal okrugida vatandoshlarimiz bilan qator uchrashuvlar o'tkazdi

Joriy yil 28 iyun' – 10 iyul' kunlari O'zbekiston musulmonlari idorasi vakili, Toshkent viloyatidagi Zangiota tumanida joylashgan “Abu Bakr Siddiq” jome' masjidi imom-xatibi Nurilla Mavlonov Rossiyaning Ural federal okrugidagi  Sverdlovsk, Chelyabinsk, Kurgan va Tyumen viloyatlari bo'ylab amaliy safari davomida ushbu hududlarda mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz va o'zbekistonlik talabalar bilan uchrashuvlar o'tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Qurbon hayiti kuni Sverdlovskoy viloyatining  Verxnyaya Pishma shahrida, keyingi ikki juma namozi kunlari Yekaterinburg va Tobol'sk shaharlaridagi jome' masjidlarida o'zbekistonlik diniy ulamoning ma'ruzalari tinglandi.  

Mamlakatimiz Bosh konsulligida Ural tog'-kon universiteti va Ural federal universitetida tahsil olayotgan talabalarimiz bilan ma'naviy-ma'rifiy suhbat ham o'tkazildi.

Safar doirasida Ikkinchi jahon urushi davrida Sverdlovsk viloyatining Nev'yansk shahridagi qurol-aslaha ishlab chiqaruvchi zavodlarida “mehnat armiyasi” safida xizmat qilib, turli sabablar bilan vafot etgan hamyurtlarimizning jamoaviy qabri ziyorat etilib, Qur'on tilovat qilindi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi vakilining Qur'oni karim va Payg'ambarimiz hadislariga asoslangan, Vatanga muhabbat, ota-ona va farzand hamda rafiqaga munosabat borasidagi milliy va diniy ijtimoiy odoblar bilan yo'rg'alangan ma'ruzalari vatandoshlarimizda katta taassurot qoldirdi.

Uchrashuvlar savol-javoblarga boy bo'ldi.

O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Ilmning boshi - sabr

21.07.2025   4172   1 min.
Ilmning boshi - sabr

O‘tgan solihlardan qoida va meros bo‘lgan so‘z bor:


من رام العلم جملة ذهب عنه جملة
."Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi"

Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.

Qur’oni karim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 23 yil davomida nozil bo‘lgan...

Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rahimahulloh "Hidoya" asarini 13 yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar...

Imom Buxoriy rahimahulloh "Sahihul Buxoriy"ni 16 yilda, tahorat olgan holda va ikki rakat nafl namoz o‘qib, yozganlar...

Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid – hech qachon jamlanmaydi. 

Muhtaram tolibi ilm! Ilmning boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo.

Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi.