O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rahbarlik faoliyatida o‘ziga xos imiji, hayotiy prinsiplari bor. Bular – xalq ichiga kirib, odamlar hayotini bevosita ko‘zdan kechirish, ular bilan muloqot qilib, talab va istaklarini eshitish, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan joyida tanishib, dolzarb masalalarni hal qilish, istiqbolga mo‘ljallangan vazifalarni belgilab berish.
Shuning uchun davlatimiz rahbari mamlakatimiz hududlariga tez-tez safar qiladi. Shunday safarlarning navbatdagi bosqichi boshlanmoqda. Bu gal ham ilk manzil Qoraqalpog‘iston.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukusga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Vafot etishingiz bilan dastlab nomingiz odamlar yodidan ko‘tariladi. G‘assol kelsa: “Mayit qayerda” – deydi. Mansabingizni ham, nasabingizni ham va hatto ismingizni ham so‘ramaydi. Janozangizni o‘qishdan oldin Imom: “Marhumning yoshi nechchida edi?” – deydi. Mansabingiz ham, nasabingiz ham va hatto nomingiz ham zikr qilinmaydi. Keyin: “Tobutni ko‘taringlar!” – deyiladi. Bunda ham na mansabingiz, na nasabingiz va na nomingiz eslanadi. Hayotda tez unutilasiz, shunchaki xotiraga aylanasiz. Esingizdan chiqarmang, hamma narsa o‘tkinchi sizdan faqat yaxshilik qoladi xalos..!
Xulosa shuki, bugun sizu bizga ALLOH tomonidan umr berildi. Bugun yangi tong otdi. Siz uyg‘ondingiz, buning uchun ALLOHga hamd aytishni unutmang. Dunyoning qaysidir burchagida qanchadan-qancha odam bugun uyg‘onmadi.
Avvalo, yoningizda bo‘lishsa, ota-onangizning hollaridan xabar oling, yoningizda bo‘lishmasa telefon orqali avhol so‘rang. Har kuni ko‘chaga chiqishingizdan avval ALLOH nomini zikr qiling, hamd aytib, ota-onangizni duolarini oling. ALLOH kasbingizga molingizga rizqingizga, albatta, baraka beradi, inshaalloh. Agar bu olamdan o‘tgan bo‘lsalar haqlariga ko‘p-ko‘p duolar qiling. Shunda ham ularning haqlarini ado eta olmaysiz.
ALLOH bergan va berayotgan barcha ne’matlarni qadriga yetaylik!
Akbarshoh RASULOV