Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Yanvar, 2025   |   10 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:32
Shom
17:16
Xufton
18:35
Bismillah
10 Yanvar, 2025, 10 Rajab, 1446

Italiya O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ko‘mak beradi

15.11.2018   2177   1 min.
Italiya O‘zbekistonda turizmni rivojlanishiga ko‘mak beradi

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Italiya tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri o‘rinbosari Manlio di Stefano O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari va istiqbollari haqida O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi:

– O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat ravnaqi uchun juda qulay imkoniyatdir.

Ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari katta. Mamlakatlarimiz iqtisodiyoti bir-birini to‘ldiradi. Bu turli tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi.

Ayni paytda qator sohalarda qo‘shma bitimlarni amalga oshirish ustida ishlamoqdamiz. Biz taklif etayotgan loyihalar O‘zbekistonda ishlab chiqarish korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sayyohlik, madaniy yodgorliklarni asrab-avaylash kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Biz nafaqat metallurgiya, qishloq xo‘jaligi kabi iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida, balki aynan turizm sohasining turli yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish orqali yurtingizda iqtisodiy o‘sish sur’atiga erishishga o‘z hissamizni qo‘shish istagidamiz.

Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik darajasida gapiradigan bo‘lsam, ayni paytda Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi strategiya ustida ish olib borilayapti. Shubhasiz, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi muhim davlatlardan. Shu ma’noda, mamlakatingiz bilan barcha sohalarda o‘zaro foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdormiz. Bunda hukumatlararo ishchi guruh faoliyati muhim o‘rin tutadi.

O‘MI Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

10.01.2025   2166   2 min.
Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi

Shu yil 9 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi Sirdaryo tumanida o‘tkazildi.


Mazkur tumandagi “Abu Bakr” masjididagi yig‘ilishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Sirdaryo viloyat vakilligi xodimlari, tumanlar bosh imom-xatiblari va tajribali imom-xatiblardan iborat Ishchi guruh tuzilib, ular hududdagi 7 ta masjid va 21 ta mahallaga biriktirildi. Shuningdek, mahallalardagi “Haj – 2024” ziyoratchilari ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etildi.


Tadbir doirasida imom-xatiblar 105 ta oilaga, 21 ta oilaga, umumiy hisobda 126 ta oilaga kirib, targ‘ibot va amaliy yordam ishlarni olib bordi.


Xususan, 38 ta xonadonda yot g‘oyalar ta’siriga moyil bo‘lganlar bilan suhbatlashilib, ularning tushunchalari to‘g‘rilandi. 19 oila buzilishining oldi olindi. Nogironligi bor, ehtiyojmand va tabarruk yoshdagi qariyalar yashaydigan 5 ta oilaga kirib sovg‘a-salomlar ulashildi.


Shuningdek, ishchi guruh a’zolari imom-xatiblar faoliyatini o‘rgandi. Jumladan, ustav asosida ish yuritish, jamoani boshqarish, masjidni toza va ozoda saqlash, unda qulay sharoitlar hozirlash kabi jihatlar ko‘rib chiqildi. Natijada imom-xatib boshchiligidagi masjidlar jamoasining faoliyatiga ijobiy baho berildi.


Bundan tashqari, ishchi guruh a’zolari o‘zlariga biriktirilgan masjidlarda peshin namozini ado qilib, qavmga “Tinchlik ne’mati”, “Shukronalik”, “O‘zaro hamjihatlik”, “Oila muqaddasligi”, “Husni xulq”, “Qo‘shnichilik odoblari”, “Mazhabga ergashish va yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish” kabi dolzarb mavzulardagi ma’ruza qilishdi. Ularda 1 300 nafardan ortiq namozxon qamrab olindi.


Tadbir so‘ngida Sirdaryo tumani imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy va masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


Ma’lumot o‘rnida Sirdaryo viloyati imom-xatiblari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan Ishchi guruh faoliyati 2025 yilning 28 yanvar kuni Xovos tumanida o‘tkazilishi reja qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi Sirdaryo imom-xatiblarining ish tajribasi oshirildi