Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Yanvar, 2025   |   11 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:48
Peshin
12:36
Asr
15:33
Shom
17:17
Xufton
18:36
Bismillah
11 Yanvar, 2025, 11 Rajab, 1446

O‘tganlar qo‘nim topgan joylarga e’tibor

14.11.2018   2333   1 min.
O‘tganlar qo‘nim topgan joylarga e’tibor

O‘tganlarni yaxshi sifatlar ila eslashlik, ularning qo‘nim topgan joylarini obod qilishlik dinimiz ko‘rsatmalaridan biri hisoblanadi.
Shu kunlarda viloyatimiz bo‘ylab ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlari jadal suratda olib borilmoqda. Shahrimiz ko‘rkiga yanada ko‘rk qo‘shilmoqda. Ko‘chalarimiz yanada nurafshon, yo‘llarimiz esa tekis-ravon etilmoqda. Ushbu bunyodkorlik ishlari ko‘lamida esa viloyatimizdagi qabristonlar ham yanada obod etilmoqda. O‘tganlar qo‘nim topgan maskanlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal suratda amalga oshirilmoqda. Buning misolida viloyatimizning Izboskan tumanidagi qabristonlarni ko‘rishimiz mumkin. Shu kunlarda tumandagi markaziy qabristonida obodonlashtirish ishlari jadal suratda olib borilmoqda. Qabr chetlari g‘ishlar bilan o‘ralib, begona o‘t-o‘lanlardan tozalanmoqda. Qabrlar oralariga maxsus yo‘laklar qilinmoqda. Ziyoratchilar uchun alohida sharoitlar, qabriston ishchilari uchun xizmat xonalari barpo etilmoqda.
Viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov joriy yilning 14-noyabr kuni ushbu maskanga tashrif buyurib, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Qabristonlarning obodonlashtirishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida o‘zining ko‘rsatmalarini berib o‘tdilar.
Manashunday obodonlashtirish ishlari viloyatimizdagi qabristonlarida yana davom ettirilmoqda.


O‘MI Andijon viloyati vakilligi xodimi N.Qodirov

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qilmishlari sababli musibatlar yetar

10.01.2025   1856   1 min.
Qilmishlari sababli musibatlar yetar

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh taolo aytadi: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar. Albatta, Alloh va’daga xilof qilmas» (Ra’d surasi, 31 - oyat).

Sharh: «Kufr keltirganlarga, to Allohning va’dasi kelgunicha, qilmishlari sababli mudom larzaga soluvchi musibatlar yetar...».

Ya’ni, Allohning va’dasi  - qiyomat kelguncha ularning es-hushini joyiga keltiruvchi musibatlar boshlariga tushib turadi. Bu musibatlar ularning qilgan ishlari tufayli tushadi.

«...yoki ularning diyorlari yaqiniga tushib turar».

Yoki o‘sha mazkur es-hushni joyiga keltiruvchi musibatlar dunyoning boshqa joylariga tushadi. O‘sha kofir va osiy bandalar yashayotgan diyorlarga yaqin joylarga tushadi. Toki ular o‘sha musibatlarni ko‘rib, va’z-nasihat olib, o‘zlariga kelsinlar va iymon keltirsinlar. 

«Tafsiri Hilol» kitobidan

Maqolalar