Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

Toshkentga Islom taraqqiyot bankining delegatsiyasi keladi

14.11.2018   6361   1 min.
Toshkentga Islom taraqqiyot bankining delegatsiyasi keladi

2018 yil 14-17 noyabr kunlari Islom taraqqiyot banki vakolatli xodimlaridan iborat guruh “O‘zbekiston bank sektorida Islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish masalalarini muhokamasi” bo‘yicha Toshkent shaxriga tashrif buyurmoqda.

Uchrashuvdan maqsad “Islomiy moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish va “Vaqf” qonunchiligini ishlab chiqish bo‘yicha grand ajratish masalalari”ni muxokama qilishdan iborat.

Islomiy moliyalashtirish masalasida turli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida anjuman tashkil etilishi ham ko‘zda tutilgan.

Delegatsiya a’zolari Toshkent va Samarqand shaharlarini ziyorat qiladilar.

O‘MI Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Qur’on ummatiga Tubo bo‘lsin!

11.08.2025   2359   2 min.
Qur’on ummatiga Tubo bo‘lsin!

Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi:

«Hech shubha yo‘qki, Alloh taolo Toha va Yasiynni osmonlaru yerni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilgan. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida, ushbu narsa nozil bo‘ladigan ummatga Tubo bo‘lsin! Ushbuni ko‘tarib yuradigan qalblarga Tubo bo‘lsin! Ushbu ila gapiradigan tillarga Tubo bo‘lsin!» degan».

Bag‘oviy rivoyat qilgan.

 

Sharh: Ushbu rivoyatda ham Qur’oni Karimning fazli qanchalar ulug‘ligini ko‘rsatuvchi ma’nolar kelmoqda. Albatta, bunda ham Qur’oni Karimni o‘rganishga, qiroat qilishga va amal qilishga targ‘ib bor.

Ushbu hadisi sharifda Qur’oni Karim nozil bo‘ladigan ummatga, Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga va Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga «Tubo» bo‘lishi xabar qilinmoqda. 

«Tubo» jannatning nomlaridan biri yoki jannatdagi daraxtning ismi yoxud saodat va yaxshilik ma’nolarini anglatadi. Bularning hammasi ahli Qur’onga va’da qilinmoqda.

 

Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:

1. Qur’oni Karimning fazilati ulug‘ ekani.

2. Alloh taolo Qur’oni Karimning Toha va Yasiyn suralarini osmonlaru yerni xalq qilishidan ming yil avval qiroat qilgani. 

3. Farishtalar Qur’onni eshitganlarida u nozil bo‘ladigan ummatga havas qilganlari. 

4. Qur’oni Karim nozil bo‘lgan ummat – Muhammad ummatiga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.

5. Qur’oni Karimni ko‘tarib yuradigan qalblarga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi. 

6. Qur’oni Karim ila gapiradigan tillarga «Tubo» jannati hamda saodat va yaxshilik bo‘lishi.

 

Hadis va hayot, 

“Qur’on fazilatlari” kitobidan.

Ibratli hikoyalar