Birlashgan Arab Amirliklarida Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning tavallud ayyomlari munosabati bilan vazirlik mas’ullari xususiy sektor vakillari uchun ham uch kunlik dam olish kuni berilganini e’lon qildi. Bu haqda gulfbusiness.com nashri ma’lum qildi.
BAA Inson resurslari va amirliklashtirish vazirligining qaroriga asosan davlat xizmati va xususiy soha ishchilarining barchasi mavlid munosabati Rabi ul avval oyida uch kun dam olishlari mumkin bo‘ladi.
Joriy yilning 18 noyabr, yakshanba kuni xususiy sektor ishchilari uchun haq to‘lanadigan dam olish kuni bo‘ladi. Bunga sabab sifatida 20 noyabrda Mavlid kunining nishonlanishi ekani ta’kidlab etilgan.
O‘MI Matbuot xizmati