Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Yanvar, 2025   |   18 Rajab, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:45
Peshin
12:38
Asr
15:41
Shom
17:25
Xufton
18:43
Bismillah
18 Yanvar, 2025, 18 Rajab, 1446

Abu Hanifa va u kishining mazhablari

13.07.2023   558   10 min.
Abu Hanifa va u kishining mazhablari
Musulmonlar ommasiga Imomi A'zam nomi ila mashhur bo'lgan bu zot haqida ko'plab maqolalar va kitoblar yozilgan. Biz esa, u kishining ulug' hayotlari bilan qisqacha tani-shib chiqamiz. Abu Haniyfa No''mon ibn Sobit Kufa shahrida hijriy saksoninchi sanada tavallud topdilar.
 
U kishi ahli sunna va jamoa fiqh mazhab boshliqlari ichida eng avval tug'ilganlaridir.
 
Yoshliklaridan tahsili ilm qildilar, bir vaqtning o'zida kasb ham qilar edilar. Ipak sotar edilar. Talabi ilmni tugatishlari bilan dars va fatvo berishni boshladilar. U kishida ilm bilan birga taqvo, ibodat, zohidlik va Allohga yolborish kabi sifatlar ham mujassamlashgan edi.
U kishining shaxsiy faziylatlari haqida alohida ki-toblar yozilgan. Diyniy faoliyatda faqat ilmning o'zi ki-foya qilmaydi. Balki ilm bilan birga taqvo va Alloh tao-loga doimiy bog'liqlik bo'lishi zarur. Bu narsalar imom Abu Haniyfada oliy darajada edi. U kishini ko'mishdan avval yuvgan g'assol Hasan ibn Amora yuvishni tamomlab bo'lib, ka-fanlab qo'yilgan jasadlariga qarab:

«Alloh sizni rahmat qilsin, mag'firat aylasin. O'ttiz yildan beri ro'zasiz yurmadiyngiz. Qirq yil kecha-si yonboshingiz ko'rpa ko'rmadi. Sizdan keyin kelganlar-ni
charchatdiyngiz. Qorilarni sharmanda qildiyngiz», degan ekan.
Ma'lumki, o'sha vaqtda hokimlar doimo taqvodor va o'ziga ishonchi bor ulamolardan hadiksirab yurishardi. Ula-molarni nima qilib bo'lsa ham tuzoqlariga ilintirish yoki yo'q qilish payidan bo'lardilar. Shunday holat imom Abu Haniyfa hayotlarida ham bo'lgan. U kishining xalq o'rtasidagi obro'laridan qo'rqqan Yazid ibn Umar ibn Hu-bayra Kufaga qozi qilmoqchi bo'ldi. Abu Haniyfa bosh tor-tdilar. Shunda u kishini qamab qo'yib, har kuni o'n qamchidan urishga amr bo'ldi. Ammo azob ham imom Abu Haniyfani o'z fikrlaridan qaytara olmadi.

Haliyfa Ja'far Mansur Bag'dodni qurayotib, Abu Ha-niyfani Kufadan oldirib keldi. Imom Abu Haniyfa shaharni rejalash va qurishda qatnashdilar. Ammo xaliyfa qozilikni taklif qilganda, bosh tortdilar. Orada yana do'q-po'pisa, tortishishlar bo'ldi.
Imom Abu Haniyfa hayotini o'rgangan tarixchilarning aytishlaricha, u kishi xaliyfa Mansurning: «Agar qozi bo'lmasang, Furot daryosiga oqizib yuboraman», degan do'qlariga: «Daryoda oqishni afzal ko'raman. Bilib qo'y, men bu ishni eplay olmayman», deganlar.

Shunda xaliyfa Imomga: yolg'on aytayapsan, degan. Imom Abu Haniyfa, darhol: sen yolg'onchini qozi qilishga qandoq rozi bo'layapsan, deganlar.
Hokimiyat saroyi bilan Imomi A'zam o'rtalaridagi ke-lishmovchiliklar keyin ham davom etdi. Hokimiyatning yol-lab olgan olimlari xatoga yo'l qo'ysalar ayovsiz fosh qilar, u kishi shu bilan birga, oddiy kishilar, bechoralarni doimo himoya qilar edilar. Imomi A'zam hijriy 150-sanada va-fot etdilar.

Bu buyuk imomning asl ismlarini ko'pchilik bilmaydi ham. Ammo hamma Imomi A'zam, ya'ni «ulug' imom», «katta imom» deb nomlaydi. Haqiyqatda ham u kishi bunga sazovor zotdirlar. «Zar qadrini zargar biladi» deganlaridek, u kishining qadrlarini ham ulamolar, imomlar biladilar.
Imomi A'zam haqida boshqa mazhab sohibi imom Sho-fe'iy: «Odamlar fiqhda Abu Haniyfaning boqimandala-ridir», deganlar.
Boshqa bir mazhab sohib imom Molikdan odamlar «Abu Haniyfani ko'rganmisiz?» deb so'rashganda, «Ha, agar ushbu ustunni tillo demoqchi bo'lsa, hujjat topa oladigan odamligini ko'rdim», deb javob bergan ekan-lar.

Mashhur imom Abdulloh ibn Muborak:
«Fiqhda eng kuchli odam Abu Haniyfadir. Unga o'xsha-shini ko'rmadim», deganlar.
Ulkan ilm sohibi bo'lmish imom Abu Haniyfa o'z mazhablarini bino qilishda Qur'oni Karim, sunnati naba-viya, ijmo', qiyos, sahobalarning qavllariga suyanadilar. Hukmlarni chiqarishda qiyos va istehsonga boshqalardan ko'ra ko'proq murojaat qildilar.

Ulamolar bu haqda u kishining o'z so'zlarini iqtibos qilib keltiradilar: «Men, avvalo, hukmni Allohning kito-bidan olaman, undan topmasam Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridan olaman. Agar ham Al-lohning kitobida, ham Rasululloh sollallohu alayhi va-sallamning sunnatlarida topa olmasam, sahobalarning ga-pidan boshqanikini olmayman. Gap Ibrohim, Sha'biy, Ibn Siyriyn va Ibn Musayyabga etganda, o'zim ularga o'xshab ij-tihod qilaman», deganlar.
«Mevali daraxtga tosh otadilar» deganlaridek, islo-miy fiqhning dushmanlari, uning eng ko'zga ko'ringan arbobi imom Abu Haniyfani nishonga olganlar. U kishini ayblash orqali fiqh ilmiga futur etkazishga harakat qilganlar. Ba'zi vaqtlarda, bilmasdan, hatto tarafdorlar ham shunga o'xshash nomaqbul narsalarni aytib yurganlar.
Imomi A'zamga qilingan ta'nalardan kattasi u kishini «hadis ilmida qoloq» deb ayblashdir. Dushmanlar: Abu Haniyfa o'n ettita hadis rivoyat qilgan, xolos, deyishadi. Bu botil gap bo'lib, u kishi yolg'iz o'zlari rivoyat qilgan hadislarning soni ikki yuz o'n beshta, boshqalar bilan she-riklikda rivoyat qilgan hadislari esa, juda ham ko'p. U ki-shining «Musnad» nomli kitobidagi namoz bobining o'zida bir yuz sakkizta hadis keltirilgan.
Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Horazmiy Abu Ha-niyfaning musnadlarini jam' qilib, bir kitob shakliga keltirgan. Bu kitob hijriy 1326-sanada Misrda chop etil-di. Hajmi katta bo'lib, 800 sahifacha keladi.

Ba'zilar: Abu Haniyfa qiyosni zaif hadisdan ustun qo'yadi, deyishgan. Lekin, aslini olganda, unday emas ekan. Ulamolar bu masalani ham o'rganib chiqishgan va Imomi A'zam zaif hadisni qiyosdan ustun qo'yadi, degan xulosaga kelganlar. Bunga misollar ham keltirganlar: «Namozda qahqaha bilan kulsa toharat ketishi haqidagi hadis zaif bo'lsa ham, Abu Haniyfa uni qiyosdan ustun qo'yib qabul qilganlar».
Imom Abu Haniyfaning o'zlari bu haqda: «Allohga qa-samki kim bizni qiyosni nassdan (ya'ni: hadisdan) ustun qo'yadi desa, yolg'on aytibdi va bizga tuhmat qilibdi. Nass bo'lgandan keyin qiyosga hojat qolar edimi?!» deydilar.

Imom A'zam o'z mazhablarida doimo musulmonlarga engillik bo'lishining tarafdori sifatida ijtihod qilganlar.
Kezi kelganda yana bir mulohazani aytib o'tmoqchiman. Hamma, hatto Abu Haniyfa rahmatullohi alayhining mux-lislari ham u kishini ra'y, ya'ni fikriy fiqhning asoschi-si deyishadi va hadisni ko'p ishlatgan imomlarga muqobil qo'yishadi. Huddi boshqa imomlar hadisdan hukm chiqarishgan-u, Imomi A'zam esa fikrlaridan chiqarganga o'xshab qoladi. Menimcha bu xato fikr. Bunga Imomi A'zam yashagan sharoit va boshqa omillar sabab bo'lgan bo'lsa kerak.
Misol uchun, imom Molik umuman boshqa sharoitda yashab, ijod qilganlar. U kishi Madiynai Munavvarada, hadis il-mining markazida yashaganlar. Shuning uchunmi, har bir fiqhiy masala aytganlarida, unga qo'shib hadisdan uning dalilini ham aytganlar.
Imom Molikning «Muvatto''» kitoblarida hadis va rivoyatlar fiqhiy boblar asosida jamlangan.

Imomi A'zam o'zlari ajam bo'lganlar, asosan arabmas xalqlar bilan yashaganlar, ehtimol yana boshqa omillar bo'lgandirki, u kishi fiqhiy hukmni aytib, o'z so'zlari bi-lan ifoda qilganlar-u, ortidan unga dalil bo'lgan hadisni zikr qilmaganlar.

Hanafiy mazhabiga oid fiqhiy kitoblarni mutolaa qilgan har bir kishi buni darhol tushunib etadi. Ammo Ali Qorining «Muxtasari Viqoya» kitobiga yozgan sharhini o'qigan odam Hanafiy mazhabida aytilgan har bir gapning oyat va hadisdan dalili bor ekaniga ishonch hosil qiladi.
Hozirgi kunimizda pokistonlik ulamolardan alloma Zafar Ahmad Usmoniy o'zlarining ustozlari ulug' olim sa-mohatli shayh Ashraf Ali Tahonaviyning ko'rsatmalari ila

«E'lous-Sunan» nomli yigirma bir jildli kitobni yigir-ma yil davomida yozib tugatdilar. Bu kitob ulkan mehnat samarasi o'laroq hanafiy mazhabidagi fiqhiy masalalar hadislar asosida echilganini isbot qilibgina qolmay, hadisdan foydalanishda boshqa mazhablardan ustun ekani-ni ham isbot qildi. Abu Haniyfa rahmatullohi alayhiga til tekkizayotganlar avvalo mazkur ikki kitobni o'qib, so'ngra gap boshlasalar, yaxshi bo'ladi.
Alloh taolo o'tgan ulamolarimizning barchasini, jum-ladan, Imomi A'zamni rahmat aylasin. Qolganlarni to'g'ri yo'lga boshlab, o'zi adashtirmasin.
 

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh 

Jaholatga qarshi ma'rifat
Boshqa maqolalar

Talabalar Diniy idora faoliyati bilan yaqindan tanishdi

17.01.2025   2604   2 min.
Talabalar Diniy idora faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Shu yil 16 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar.
 

Suhbat avvalida Homidjon domla keyingi yillarda yurtimizda yoshlarning ta’lim-tarbiyasini yuksaltirishga katta e’tibor berilayotgani ta’kidlash barobarida O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi va bugungi faoliyati haqida so‘zlab berdi. Xususan, ilk nomi “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari idorasi” bo‘lgan tashkilot 1943 yil 20 oktyabrda tashkil topgani, 1992 yili “Movarounnahr musulmonlari idorasi”, 1995 yili “O‘zbekiston musulmonlari idorasi” deb davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, istiqlolgacha 80 ta masjid faoliyat yuritgani, O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan Mir Arab madrasasida jami 10 nafar talaba o‘qitilganini aytib o‘tdi.


Homidjon domla o‘z so‘zi davomida mustaqillik ne’mati nasib etgandan so‘ng diniy-ma’rifiy sohada ulkan o‘zgarishlar bo‘lgani, xususan, so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan sohada amalga oshirilayotgan ko‘lamli islohotlar natijasi va muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari sa’y-harakatlari bilan yurtimiz masjidlari soni 2145 taga, diniy ta’lim muassasalari soni 14 taga yetgani, Fatvo va ilmiy-tadqiqot markazlari, diniy adabiyotlar nashri, “Vaqf” fondi jadal faoliyat olib borayotgani, umra bo‘yicha kvota olib tashlangani, hajga boruvchilar soni yildan-yilga ortib borayotgani, eng qadimiy va nodir qo‘lyozma sanalgan “Usmon mus'hafi”, “Langar Qur’oni” yuqori darajada ta’mirlangani, Diniy idora Kutubxona fondida 20 dan ziyod toshbosma va qo‘lyozma asarlar yaxshi holatda saqlab kelinayotgani va bu kabi amaliy ishlarning sanog‘i va salmog‘i ko‘pligini ta’kidlab, ana shu e’tibor va imkoniyatlarning qadriga yetish va har kim o‘z yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘lib yurt rivoji va xalq farovonligiga hissa qo‘shishi lozimligiga urg‘u qaratdi.  


Muloqot yakunida har bir talabaga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining “Yoshlarga nasihatim”, “Fitna ko‘z ilg‘amas xatar” kitoblari taqdim etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Talabalar Diniy idora faoliyati bilan yaqindan tanishdi Talabalar Diniy idora faoliyati bilan yaqindan tanishdi Talabalar Diniy idora faoliyati bilan yaqindan tanishdi Talabalar Diniy idora faoliyati bilan yaqindan tanishdi Talabalar Diniy idora faoliyati bilan yaqindan tanishdi Talabalar Diniy idora faoliyati bilan yaqindan tanishdi
O'zbekiston yangiliklari